Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Yevropa Ligasi finali haqida Konte, Lopategi va boshqalar qanday fikrda?

Yevropa Ligasi finali haqida Konte, Lopategi va boshqalar qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Milanning “Inter” klubi va Andalussiyaning “Sevilya” jamoasi murabbiylari Yevropa Ligasi finalidan so‘ng, o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, uchrashuv qahramoni Diyego Karlos ham o‘z fikrini bayon qildi.

Antonio Konte:

“Finalda barchasini mayda detallar hal etdi. Afsuski, bugun bizga omad kulib boqmadi. Lukaku ham o‘z darvozamizga gol kiritib, imkoniyatlarimizni kamaytirib yubordi.

Shunga qaramay, bu mavsum jamoada keskin o‘sish kuzatilganini qayd etib o‘tmoqchiman. 2-3 kundan so‘ng, biz sovugan bosh bilan “Inter”ning kelajagi haqida bosh qotiramiz.
Jamoada qolishim yoki ketishim ham mumkin.

Klub va mening o‘rtamda hech qanday muammo yo‘q. Shunchaki, vaziyatga baho berish borasida biroz farq bo‘lishi mumkin.

Bugungi omadsiz finalga qaramay, “Inter” ajoyib mavsum o‘tkazdi deb hisoblayman. Nima bo‘lgan taqdirda ham, menga shunday klub bilan ishlash imkoni berilganidan xursandman.

Xulen Lopategi:

“Bu shunchaki ajoyib klub. O‘z kuchiga ishongan va hech qachon harakatdan to‘xtab qolmaydigan jamoa. Bugungi o‘yinda ular 90 daqiqa davomida maydonda jang qilishdi va g‘oliblik uchun oxirigacha asosiy da’vogar bo‘lib turishdi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joiz. Agar ushbu finalda biz mag‘lub bo‘lganimizda ham, yigitlarni buyuk hizmatlari uchun olqishlagan bo‘lar edim. Shunga qaramay, biz finalda g‘olib chiqdik.

Biz barcha qiyinchiliklarga qaramay, oldinga qadam tashlashda davom etdik. Hatto uchta o‘yinda uch bor darvozamizga 11 metrlik jarima zarbasi belgilanishi ham bizni to‘xtatib qolgani yo‘q.

Klub madhiyasi bejizga “bu jamoa hech qachon taslim bo‘lmaydi” degan so‘zlar bilan boshlanmaydi.

Uchrashuv juda og‘ir o‘tganini tan olaman. Munosib raqibga qarshi finalda to‘qnash kelish doimo futbolchilardan ruhiy tayyorgarlik talab etadi. Bugun biz ruhan g‘alabaga tayyor edik. Yakunda bu tayyorgarlik bizga qo‘l keldi. Qiyin bahs, biroq juda muhim sovringa ega chiqdik.”

Samir Xandanovich:

“Ha kutilmagan to‘siq, biroq biz harakatda davom etishimiz lozim. Kecha eslab o‘tganimdek, bu final biz uchun oldinga tashlangan qadam edi. Shunday ekan, yana finallarda ishtirok etishdan umidvormiz.

Uchrashuv yakunlangach, bahona izlash juda oson. Shunga qaramay, Lukakuda yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi. Agar ulardan foydalanganida, barchasi o‘zgacha ko‘rinish olgan bo‘lar edi.

Bugun ikkita hujumkor jamoaning to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Biz ikkinchi bo‘limda to‘pni o‘zimizda ko‘proq saqlab turish haqida o‘ylashimiz lozim edi. Sababi, jismonan bugungi uchrashuvda biz yaxshiroq tayyorgarlikka ega edik. Raqib esa, charchab qolayotgani sezilib turgan edi.

Uchinchi gol chinakam omadsizlik. To‘p qanday qilib Lukakunning oyoqlarini “topgani” tushunarsiz. Aynan shu tushunarsiz vaziyat o‘yin taqdirini hal etdi.

Alamli mag‘lubiyatga qaramay, biz kelasi mavsum oldidan ajoyib poydevor o‘rnatdik deb hisoblayman. Bugun “Sevilya” mag‘lub bo‘lishi mushkul bo‘lgan klub ekanligini yana bir bor isbotlab berdi.

Biz bugungi o‘yinda ortirgan tajribamizdan naf chiqarish haqida bosh qotirishimiz lozim.

Diyego Karlos:

“Ayni damda juda baxtliman. Sababi, biz bu sovrinni orzu qilgan edik. Men final oldidan oila a’zolarim bilan suhbatlashganimda, albatta gol kiritishim kerakligi haqida so‘zlagan edim.

Yakunda o‘z so‘zlarimni maydonda ham isbotladim.

Barchasi mening ajoyib jamoadoshlarimning mehnatlari evaziga sodir bo‘ldi. Ular so‘nggi soniyalarga qadar “jang” qilishdi va g‘alabani raqibdan yulqib olishdi.

Kubok qo‘limga kelib tushishi bilan, xursand bo‘lib ketdim. Hatto turmush o‘rtog‘im bilan farzand kutayotganimiz ham yodimdan ko‘tarilib ketdi."

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:55, 22.08.2020.
O'qildi: 6690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик