Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

No‘’mon Hasanov: “Futbolchilar to‘g‘ri pas bilan o‘ynashlari kerak”

No‘’mon Hasanov: “Futbolchilar to‘g‘ri pas bilan o‘ynashlari kerak”

Baho:
+ | -

Superliganing 14-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida   “Navbahor” murabbiyi No‘’mon Hasanov ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirdi.

Quyida uning fikrlari bilan tanishasiz.

- O‘yinning boshida tashabbusni raqibga berib qo‘ydik. O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan keyin, futbolchilar biroz o‘zlariga kelib, tartibli himoyalanishdi.

Tanaffus paytida “Paxtakor”ning o‘yinidan kelib chiqib, yigitlarga ko‘rsatmalar berdik. Ikkinchi bo‘limga yaxshi kayfiyatda chiqdik, futbolchilar nisbatan faolroq to‘p surishdi. Ikinchi bo‘limda ustunlik asosan jamoamizda bo‘ldi. Mehmonlarda esa menimcha, bitta vaziyat yuz berdi, o‘shanda ham Cheranning zarbasi noaniq chiqdi.

Ikinchi bo‘limda hisobni tenglashtirdik. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda yigitlar gol urishganida, yutishimiz ham mumkin edi. Ammo bu futbol.   

To‘g‘ri, asosan, himoyaviy uslubda o‘ynadik. Pandemiya davrida, kasallanganlar uchrayotgan paytda futbol o‘ynash og‘ir, shuning uchun shogirdlarimga rahmat aytaman.

Sezgan bo‘lsangiz, aksariyat futbolchilar jismoniy tarafdan bahsga tayyor emas. Qolaversa, jamoamizga o‘zaro paslar uzatgan holda o‘ynash yetishmayapti. Bu borada yana ishlaymiz, oldinda 15 kun vaqtimiz bor.

Maqsadimiz - futbolchilarning kombinasion, chiroyli o‘yin ko‘rsatishlari va shu tariqa muxlislarni xursand qilish.

“Paxtakor” singari raqiblarga qarshi  sekin o‘yin namoyish etib bo‘lmaydi. Chunki biroz to‘xtab qolsangiz, to‘pni oldirishingiz muqarrar.

Ko‘ryapsizlar, “Navbahor” asosan muayyan futbolchilar, deylik, Azizbek Turg‘unboyev kabilarning harakatlari evaziga vaziyatdan chiqib ketmoqda. Paslarga asoslangan o‘yinni ko‘rmayapman. Men kombinasion o‘yin tarafdoriman, futbolchilar maydonda to‘p surishdan rohatlanishsin, deyman.

“Paxtakor” futbolchilarining uchrashuv boshidagi harakatlarini ko‘ringlar, o‘yinchilar xuddi shunday, bo‘sh hududlarga ochilib, to‘pni bir-birlariga aniq uzatgan holda o‘ynashlari kerak. Bizda esa to‘pni egallagan futbolchi uni kimga uzatishni bilmay qolyapti. To‘pni olgan futbolchida 3-4ta variant bo‘lishi kerak, bizda esa bitta ham variant yo‘q. Vaqt yetakchi futbolchini axtarish bilan o‘tib ketyapti. Shuni to‘g‘ri anglagan holda, mazkur uchrashuvda himoyaviy uslub tanlashni ma’qul ko‘rdik.

Jamoamiz tarkibiga yozgi transfer davrida tojikistonlik Ehsoni Panjshanbe qo‘shildi. Lekin to‘g‘risini aytish lozim, hali men uni ko‘rmaganman. Shuning uchun Panjshanbe to‘g‘risida birorta fikr bildira olmayman.

“Navbahor”da juda yaxshi futbolchilar jamlangan, faqat ularga to‘g‘ri pas bilan o‘ynash, qo‘rqmay to‘p surishni, ochilishlarni o‘rgatish kerak.

Axir, bu futbol-ku. Safimizda turli yoshdagi termalarimiz a’zolari bor. Yigitlar mashg‘ulotlarda aytganlarimizni to‘g‘ri bajarishmoqda, endi shuni maydonda ham ko‘rsata olishlari lozim.

Har uch kunda o‘yin o‘tkazilgani bois, bir kun mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurdik, xolos. Boisi, o‘yindan keyin futbolchilarga dam beramiz. Keyin esa o‘yindan oldingi mashg‘ulot. Bu safar to‘rt kunda maydonga tushdik. Toshkentda markazlashgan holda, bo‘lib o‘tgan o‘yinda esa futbolchilar har uch kunda maydonga tushishdi.

Sekin-asta futbolchilarga  to‘g‘ri paslar bilan o‘ynashni o‘rgatamiz.

Akramjon Bahritdinovni maydonga tushirishdan qo‘rqmadim. To‘g‘ri, unda biroz o‘yin amaliyoti kam. Lekin zaxira o‘rindig‘idagi boshqa futbolchilar ancha yosh, yana birining esa jarohati bor edi. Shu bois, tajribasi bor deya, Akramjon Bahritdinovni maydonga tushirdim. O‘yinning qo‘shimcha vaqtida qarshi hujumda gol urishimiz ham mumkin edi.

Mazkur o‘yinda jarohati borligi bois, jamoamiz yetakchisi va sardori Azimjon Ahmedov maydonga tusha olmadi. Lekin u klub qarorgohiga kelib, yigitlarni ruhlantirdi. Haqiqiy yetakchi hamda sardor shunday bo‘lishi lozim.     

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 12:19, 02.09.2020.
O'qildi: 3859 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.