Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Garet Beyl omadsizligida “Real”ni ayblamoqda

Garet Beyl omadsizligida “Real”ni ayblamoqda

Baho:
+ | -

Madridning “Real” jamoasi futbolchisi Garet Beyl Sky Sport nashri uchun bergan intervyusida APLga qaytishi borasida fikr bildirdi. Shuningdek, uelslik vinger “Real” uni o‘z vaqtida qo‘yib yubormaganidan norozi ekanligini yashirib o‘tirmadi.

“Agar menga APLga qaytish imkoniyati taqdim etilsa, albatta bu taklif borasida o‘ylab ko‘raman. Keling, sabr qilamiz va barchasi qanday davom etishini kuzatamiz. Hali transfer oynasi yopilmagan. U uzoq muddat davomida ochiq bo‘ladi. Shunday ekan, istalgan daqiqada hammasi o‘zgarib ketishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham, transferim amalga oshishi “Real Madrid”ga bog‘liq.

Ochig‘i o‘tgan mavsumdayoq jamoani tark etmoqchi edim, biroq klub meni qo‘yib yuborishni istamadi. Ular ketishim aniq bo‘lib ulgurganda ham ishga kirishmadi va so‘nggi soniyalarda mening transferimni barbod etishdi. Yashirib o‘tirmayman, menga taklif qilingan shartnoma ajoyib edi. Afsuski, bu transfer amalga oshmay qoldi.

Xitoy klubidan tashqari, boshqa jamoalar ham meni o‘z safida ko‘rishni istagani rost. Negadir klub mening ketishim uchun to‘sqinliklar o‘rnatdi. Oqibatda, bu to‘siqlardan oshib o‘ta olmaganim uchun ham bir mavsum Madridda qoldim.

Yashirib o‘tirmayman, juda ham futbolni sog‘indim. Men yangi g‘alabalarga juda o‘chman. Shunga qaramay, qaysi klubda to‘p surishimni “Real” hal etadi. Ular bilan o‘rtada shartnomam mavjud. Shu sababli, faqatgina o‘z ishimni qilishda davom etishim mumkin. Qo‘limdan boshqa ish kelmaydi.

Men endigina 31 yoshga qadam qo‘ydim. O‘zimni juda yaxshi his etyapman. Sport formam ham ajoyib. Hali-hamon ko‘p narsaga qodir ekanligimni his etib turibman. Barchasi “Real”ning qo‘lida, ammo ular mening hayotimni qiyinlashtirishda davom etishmoqda.”

Manba: Sky sport
Kiritildi: 18:18, 03.09.2020.
O'qildi: 5292 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик