Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoaning keyingi mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.
"Oldimizda oson bo‘lmagan yo‘l turibdi. Biz yangi mavsumga aytarli tayyorgarlikni boshlamadik, ixtiyorimga hali barcha futbolchilar yetib kelmadi. Shuningdek, tarkibimizga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishlari kerak. Muvaffaqiyat qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Asosiy maqsadimiz - skudettoni ketma-ket 10-marta qo‘lga kiritish. Shuningdek, Yevropa Chempionlari Ligasining finaligacha yetib borish.
To‘pni yo‘qotishimiz bilan tezroq o‘yinga qaytish uchun asosiy urg‘uni pressingga qaratamiz. Yakuniga yetgan Yevropa Chempionlari Ligasida o‘ynagan klublar to‘pni yo‘qotishlari bilan zudlik bilan uni egallab olishga harakat qildi", - Pirloning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.
A Seriyaning 1-turida "Yuventus" "Sampdoriya" klubi bilan 19 yoki 20 sentyabr kuni bahs olib boradi.