Portugaliya — Xorvatiya (4:1) uchrashuvini o‘tkazib yuborgan Krishtianu Ronaldu mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda KriRoning o‘zi instagram ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu sog‘lig‘idagi kichik muammolar tufayli xorvatlar bilan o‘ynamadi.
Portugaliya terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 8 sentyabr kuni o‘tkazadi.