Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

OFK musobaqalarni keyinroqqa qoldirdi va bekor qildi

OFK musobaqalarni keyinroqqa qoldirdi va bekor qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Butun dunyoda hukm surayotgan SOVID-19 pandemiyasi futbol sport turiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shu sababdan OFK qit’a miqyosidagi musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish va jamoalarning katta musobaqalarga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash maqsadida mavjud vaziyatni o‘rganib chiqayotgan edi.

Bugun Osiyo Futbol Konfederasiyasi Kuala Lumpurdagi bosh qarorgohda rasmiy yig‘ilish o‘tkazdi. Unda U19 va U16 Osiyo chempionatlarining 2021 yil boshida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Futzal bo‘yicha BAA mezbonligida o‘tishi rejalashtirilgan klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bekor qilindi.

Shuningdek, Quvaytda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati joriy yilning 2-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi xabar qilindi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda Osiyo Chempionlar Ligasi yangi taqvimi masalasida ham so‘z bordi. Unga ko‘ra, sharqiy mintaqada uchrashuvlar 15 noyabrdan 13 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi esa bitta uchrashuvdan iborat bo‘lgan holda g‘arbiy mintaqada 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Osiyo Futbol Konfederasiyasining kelgusi musobaqalar uchun e’lon qilgan taqvimi:

Osiyo chempionlar ligasi / Sharq Mintaqasi
15 noyabr - 13 dekabr

U19 Osiyo Chempionati
2021 yil avvalida

U16 Osiyo chempionati
2021 yil avvalida

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati
2-13 dekabr

Klublar o‘rtasidagi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati
bekor qilindi

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 00:27, 11.09.2020.
O'qildi: 4581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик