Italiyaning "Parma" klubini AQSHning Krause Group kompaniyasi sotib olganini klub rasmiy sayti tasdiqladi.
Klubning 90 foiz aksiyasi AQSHlik tadbirkorga, yana 9 foizi mahalliy Nuovo Inizio kompaniyasiga va bir foizi muxlislarga tegishli.
Krause Group kompaniyasining yillik foydasi 2,8 milliard dollarni tashkil qiladi.
Yakuniga yetgan mavsumni "Parma" klubi A Seriyaning 11-o‘rinida yakunlagandi.