Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

«Barselona» o‘z futbolchisidan «qutilmoqchi»

«Barselona» o‘z futbolchisidan «qutilmoqchi»

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Barselona» o‘z futbolchisidan «qutilmoqchi»

Kataloniyaning «barselona» jamoasi Riki Puch masalasini oydinlik kirita olmayapti.

«Mundo Deportivo» nashrining ma’lum qilishicha, yarim himoyachi yangi murabbiy rejasiga kirmagan bo‘lsada, klubi tark etmoqchi emas.

Manbaning ma’lum qilishicha yarim himoyachiga shaxsan Kumanning o‘zi yangi klub izlashi kerakligini ma’lum qilgan.

Manjukichning manzili qayer?

«Yuventus» klubi sobiq hujumchisi Mario Manjukich faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi borasida bir qarorga keldi.

Turk nashrlarining ma’lum qilishicha, xorvatiyalik futbolchi bilan «Beshiktash» shartnoma imzolash niyatida.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda hujumchining agenti Istanbul shahrida va muzokaralar davom etmoqda.

Draksler RPLda?!

Parijning PSJ klubi yarim himoyachisi Yulian Draksler faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi emas.

«Sky Sport» nashrining ma’lum qilishicha, nemis yana bir mavsum Parijda qoladi va klubi erkin agent sifatida tark etadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi shartnomasi yakunlangach, katta ehtimol bilan Bundesliga klublaridan biri safiga borib qo‘shiladi.

Starridj yana qaytadimi?

«Liverpul» va «Chelsi» klublaridagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Daniel Starridj faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

«Sky Sport» nashrining ma’lum qilishicha, hujumchi bilan «Sheffild Yunayted» shartnoma imzolash niyatida. APLni mag‘lubiyat bilan boshlagan klub tajribali hujumchi izlamoqda

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Starrid 8-diviziondagi «Kidsgrouv» bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Lempard fikridan qaytgani yo‘q

Angliyaning «Chelsi» klubi ustozi – Frenk Lempard «Vest Hem» yarim himoyachisi Deklan Rayns bilan shartnoma imzolash niyatidan qaytgani yo‘q.

Murabbiy omadsiz startda tayanch yarim himoyachilarini ayblamoqda. Shu bois, transfer oynasi yopilishidan avvalroq Raysni qo‘lga kiritmoqchi.

«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, murabbiy Jorjinyoni arzonroq summa evaziga bo‘lsa ham qo‘yib yuborish niyatida. Auarning transferi barbod bo‘lgach, “Arsenal” Jorjinyo bilan shartnoma imzolash variantga qaytmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, agar Jorjinyo transfer qilinsa, uning o‘rnini Deklan Rays egallaydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:00, 27.09.2020.
O'qildi: 10953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.