Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

VIDEO. «Metallurg» – «Lokomotiv» o‘yini natijasiga ta’sir qilgan xato haqida

VIDEO. «Metallurg» – «Lokomotiv» o‘yini natijasiga ta’sir qilgan xato haqida

Baho:
+1 | -

Futbolda hakamlarning xatolariga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon VAR tizimi yo‘lga qo‘yilgan va u millionlar o‘yini ishqibozlari, futbolchilar hamda murabbiylarning e’tirozlariga chek qo‘ydi deyishimiz mumkin.

Bizda ham shu tizimni futbolga olib kirish harakati boshlangan. Katta ehtimol bilan keyingi mavsumdan e’tiboran videoassistentlar bosh hakamning eng yaqin yordamchisiga aylanar.

Afsuski, Coca Cola Superligasining aksariyat turlarida hakamlar tomonidan qabul qilanayotgan ba’zi qarorlar ishqibozlar noroziligiga sabab bo‘lyapti. “Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin klub matbuot xizmatiga bekobodlik yuzlab muxlislardan qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. “O‘yin translyasiyasini “Sport” telekanali orqali tomosha qildik. Temiryo‘lchilar ikkinchi golni qoidaga xilof ravishda kiritishdi. Bu esa o‘yinning yakuniy natijasiga ta’sir ko‘rsatdi. Bunga kim chora ko‘radi?” – degan savolni o‘rtaga tashlashyapti.

Albatta, hakamlar faoliyatiga baho beradigan tashkilot, insonlar bor. Qolaversa, “Sport” telekanalida efirga uzatiladigan “Bizning futbol” dasturidagi “Referi taym” ruknida munozarali vaziyatlar ko‘rib chiqadi. “Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvidagi bu holatni ham biz ushbu mutassaddilar hukmiga qoldiramiz.

Shuning barobarida, “Lokomotiv” jamoasi tomonidan kiritilgan ikkinchi gollik hujum paytida to‘p maydondan chiqib ketganmidi yoki yo‘qmi, aziz muxlis bunga o‘zingiz ham baho berishingiz mumkin...


"Metallurg" klubi matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 12:10, 28.09.2020.
O'qildi: 4132 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик