Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Barsa” rad etdi

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Usman Dembeleni “Manchester Yunayted”ga qo‘yib yuborishni istamayapti.

Kataloniya klubi texnik direktori Ramon Planesning ma’lum qilishicha, klub “qizil iblislar” bilan muzokaralar o‘tkazmoqchi emas.

Ramos Planesning aytishicha, “Barselona” Usman Dembelening tez orada “Barselona”dagi o‘rnini qaytarib oladi.

“Renn” ishga kirishdi

Fransiyaning “Renn” jamoasi transfer huquqi “Yuventus”ga tegishli bo‘lgan Daniyel Ruganini ijaraga olish niyatida.

“SkySport” nashrining ma’lum qilishicha, fransuz klubi Ruganini 1,5 million yevro evaziga ijaraga oladi va uning maoshini to‘liq o‘zi to‘laydi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Renn” ijara yakunida italiyalik himoyachini to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda.

PSJ daniyalikka e’tibor qaratmoqda

Parijning PSJ klubi “Inter” yarim himoyachisi Kristian Eriksen bilan shartnoma imzolamoqchi.

Klub sport direktori Leanardoning malum qilishicha, 28 yoshli futbolchining agenti Parij klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Leanardoning ma’lum qilishicha, Eriksenning o‘zi “Inter”ni tark etish niyatida.

De Shilo qolmoqchi

Milanning “Milan” klubi himoyachisi Mattia De Shilo faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi emas.

“Tuttosport” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi “Seltik” va “Sevilya” jamoalaridan kelib tushgan taklifni rad etgan. U faoliyatini “Milan”da davom ettirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mattia bilan “Roma” jiddiy qiziqib qolgan haqida xabar bergan edik.

“Vest Hem”ga Chalet kerak

Londonning “Vest Hem” klubi “Marsel” yarim himoyachisi Duye Chalet-Sar bilan shartnoma imzolamoqchi.

“DailyMail” nashrining ma’lum qilishicha, “bolg‘achilar” 24 yoshli futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Chalet-Sap “Marsel” safiga 2018-yilda “Zalsburg” klubidan kelib qo‘shilgan edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:18, 03.10.2020.
O'qildi: 11024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.