Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Runi Sulsherga qanday futbolchi sotib olishni maslahat berdi

Runi Sulsherga qanday futbolchi sotib olishni maslahat berdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq hujumchisi Ueyn Runi sobiq jamoasiga maslahat berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «MYU» katta mablag‘ evaziga Jeydon Sanchoni sotib olish fikridan qaytishi kerak. Undan ko‘ra, o‘sha pulga «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keynni xarid qilish shart.

«Sancho ajoyib futbolchi, ammo, «Manchester Yunayted» unga ustuvor ahamiyat berayotgani meni hayron qoldirmoqda. O‘z tarkibingizdan topishingiz mumkin bo‘lgan shunday futbolchi uchun nima keragi bor katta mablag‘ sarf qilib. «MYU» tarkibida Marsyal va Reshfordlar bor, qolaversa, Sancho o‘ynaydigan pozisiyada Grinvud bor.

Menimcha, mablag‘larni Xarri Keynning transferiga sarflash maqsadga muvofiqde ko‘rinmoqda. Ehtimol buning ilojisi yo‘qdir, biroq, «MYU» doim yaxshi o‘yinchilarni xarid qilishga harakat qilishi kerak. Keyn Sulsher uchun juda muhim futbolchi», - dedi Runi.

Kiritildi: 11:43, 04.10.2020.
O'qildi: 7396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик