Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

“Navbahor”ning strategiyasi o‘zgaradi

“Navbahor”ning strategiyasi o‘zgaradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun “Navbahor” o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingoh foyesida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Olim Botirovich Isayev, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Oybek Arifovich Samatov, shuningdek, “Navbahor” klubi rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari, jamoaning faxriy hamda ashaddiy muxlislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish rasmi 6

Yig‘ilishni Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ochib, bu viloyat hokimi lavozimiga tayinlanganidan so‘ng, “Navbahor” jamoasi bilan ilk, ya’ni tanishuv uchrashuvi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra, Shavkat Shokirjanovich quyidagi so‘zlarni gapirdi:

Yig‘ilish rasmi 1

- Garchi tarkib bo‘yicha Superliganing uncha-buncha jamoasidan qolishmasa-da, ancha mahoratli hamda tajribali futbolchilarga ega bo‘lsa-da, “Navbahor” so‘nggi 9 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Bunga jamoa murabbiylari futbolchilarning ko‘pchiligi koronavirusga chalinishgani va hokazo bahonalar keltirishdi.

Joriy  mavsum boshida jamoaning oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgandi. Biroq jamoa ko‘p ochko yo‘qotdi.

So‘nggi 3 yil davomida, ya’ni 2017 yildan joriy yilning martiga qadar “Navbahor” PFK prezidenti sifatida faoliyat olib bordim. O‘sha paytdan, ya’ni 2017 yildan boshlab, jamoada yosh futbolchilarga e’tiborni kuchaytirganimizda, hozirgacha 3 yil davomida  ancha iqtidorli futbolchilar yetishib chiqqan bo‘lishardi.

Biroq biz “Navbahor”ni yuksaltirish, jamoaning sovrindorlar safidan joy olishi, OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun harakat qildik. Lekin bu kutilgan samarani bermadi. Endi “Navbahor”ning strategiyasi o‘zgaradi va asosiy e’tibor mahoratli yoshlarga qaratiladi.

Kelasi yildan jamoa sharafini faqat mahalliy yoshlar himoya qilishadi. Biz barcha namanganlik iqtidorli, yosh futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaymiz, investisiyani mahalliy yosh, iqtidorli futbolchilarni yetishtirib chiqarish uchun yo‘naltiramiz.

Shuningdek, Namanganimizning faxri bo‘lgan mamlakatimizning taniqli futbolchisi Odil Ahmedov bilan hamkorlik qilamiz, maslahatlashamiz. Odil bilan qo‘ng‘iroqlashganimda, u futbolchilik faoliyatini “Navbahor”da yakunlashini, jamoa uchun qo‘lidan kelganicha yordam berishga tayyor ekanligini  ta’kidladi.

Namangandagi barcha futbol maktablari va akademiyalari endi “Navbahor” tasarrufiga o‘tadi hamda ushbu ta’lim maskanlaridagi barcha futbolchilar eng avvalo “Navbahor” bilan shartnoma imzolashadi.

Shuningdek, muxlislarga ham shuni eslatmoqchimanki, muxlis reglament va qoidalarga asosan muxlislik qilishi, jamoaning ichki ishlariga umuman aralashmasligi lozim. Bundan buyon muxlislik qoidalarini buzganlar “qora ro‘yxat”ga olinadi hamda umuman stadionga kiritilmaydi.

Men ham yoshligimda futbolga qatnaganman hamda futbolni juda yaxshi tushunaman. Futbolchi ham inson, ayrim vaziyatlarda adashadi. Shunday holatlarda o‘yinchini himoya qilish o‘rniga ayrim muxlislar uni haqorat qilishadi. Bu esa futbolchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Aksincha, futbolchini qo‘llab-quvvatlash, sen eng yaxshi o‘yinchisan, deya ko‘nglini ko‘tarish lozim. Shunda u yanada ruhlanib, o‘yini “ochiladi”.

Shundan so‘ng, Shavkat Abdurazzoqov “Navbahor” klubi rahbariyatida o‘zgarish yuz berganligini ta’kidlab, bundan buyon Oybek Samatov o‘rniga akasi Otabek Samatov “Navbahor” PFK vise-prezidenti sifatida faoliyat olib borishini ta’kidladi.

Yig‘ilish rasmi 2

So‘ngra, Namangan shahar hokimi Olim Isayev so‘zga chiqib, viloyatimizdagi futbol maktabalarini rivojlantirish lozimligi, “Navbahor” barcha iqtidorli futbolchilar uchun tramplin vazifasini o‘tashi lozimligini aytib o‘tdi.

Bildirilgan fikrlar yuzasidan “Navbahor” jamoasi murabbiyi Mustafo Bayramov,

Yig‘ilish rasmi 4

jamoa sardori Azimjon Ahmedov, futbolchilar – Mirzohid G‘ofurov

Yig‘ilish rasmi 5

va Davron Hoshimov, shuningdek, “Navbahor” muxlislari raisi Abdullo Ahmedov,

Yig‘ilish rasmi 7

bloger Farhod Umaraliyevlar so‘zga chiqib, yosh futbolchilarga e’tiborning kuchaytirilishi “Navbahor”ning kelajagi uchun puxta zamin hozirlashini qayd etishdi. 

Yig‘ilish rasmi 3

Shu tariqa yig‘ilish o‘z yakuniga yetdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.   

Kiritildi: 08:14, 08.10.2020.
O'qildi: 4407 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.