Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Robinyo nega «Santos»dan "haydaldi? Nima uchun unga 10 yil qamoq jazosi berilishi mumkin?

Robinyo nega «Santos»dan "haydaldi? Nima uchun unga 10 yil qamoq jazosi berilishi mumkin?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Robinyoning jonajon «Santos» klubini erta tark etish sabablarini ma’lum qiladi.Bugun ushbu mavzu haqida atroflicha fikr almashamiz. 

Bundan bir hafta ilgari Braziliyaning «Santos» jamoasi Robinyoning transferini rasman e’lon qildi. Bu uning klubga 3-bor qaytib kelishi edi. Tashqaridan qaraganda chiroyli voqea. Jamoaning sobiq yulduzi klubni og‘ir vaziyatdan olib chiqib ketish maqsadida Vataniga qaytib keldi va oyiga 260 dollar evaziga to‘p surishga rozi. 

Afsuski, bu aksariyat muxlislar ko‘z oldidagi voqea xolos. Vaziyatga atroflicha nazar tashlasangiz, muammoning negizini darrov anglaysiz. 

Avgust oyida «Santos» jamoasi ayollarning huquqini himoya qiluvchi tashkilot - «Fala Mulher» bilan shartnoma imzolagan edi. Bu ma’lumot klub muxlislarida u qadar katta shov-shuv ko‘targani yo‘q. Biroq Robinyo tarkibga qo‘shilgach, klub rasmiy sahifasida turli negativ izohlar soni keskin ortib ketdi. Barcha 36 yoshli futbolchining Italiyada guruh bo‘lib 22 yoshli alban qizni zo‘rlaganlikda ayblanayotgani haqidagi xabarlar bilan sahifani to‘ldirib yuboradi. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyilgach, birinchi bo‘lib «Santos»ning homiysi «Orthopide» o‘rtadagi shartnomani bekor qilganini rasman e’lon qildi. Ushbu kompaniya darrov nima uchun shartnomani bekor qilganiga izoh berdi: "

«Bizning auditoriya asosan ayollardan iborat. Bizdan xarid qilayotgan ayollarning barchasini hurmat qilamiz. Shu bois, »Santos« bilan hamkorlikka chek qo‘ydik. Shu o‘rinda, ushbu transferdan klub bizni ogohlantirilmaganini aytib o‘tmoqchiman.» , deb izoh bermoqda kompaniya Prezidenti Richard Magrat. 

Magratning keskin qarori sababli «Santos» chekinishga majbur bo‘ldi va 10 oktyabrda jamoaga taklif qilingan Robinyo bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilishga qaror qildi. «Santos» o‘z qarorini klub rasmiy saytida quyidagicha izohladi: 

«Klub 36 yoshli futbolchi bilan 10-oktayabrda tuzilgan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Bu qarorga ikki tomon kelishgan holda kelishdi. Klub futbolchining Italiyadagi sud jarayonlaridagi muammolarni hal etishini sabrsizlik bilan kutadi.»

Robinyo esa, o‘z ijtimoiy tarmoqlarida vaziyatga izoh berishni unutmadi. «Men "Santos"ga yordam berish maqsadida tashrif buyurgan edim. Ular bunga imkon qoldirishmayapti, bundan xafaman. Men albatta, aybsiz ekanligini isbotlayman. Mening muxlislarim xavotir olishmasin, hammasi o‘rniga qaytadi.»

Shu o‘rinda, biroq ortga qaytamiz. 2017 yilning kuzida Milan sudi Robinyoni guruh bo‘lib ayol kishining sha’niga tajovuz qilishda aylagan edi. Italiya sudi ushbu ayblovni 2013 yilning 23 yanvar sanasida kelib tushgan arizaga binoan e’lon qilgan. Sud 22 yoshli alban qizni nomusiga tajovuz qilishda Robinyo va yana 5 ta erkakni ayblamoqda. Ular orasida futbolchining yaqin do‘sti ham bor. Italiya hukumati, agar ayblov isbotlansa braziliyalik futbolchini 9 yillik qamoq jazosi kutmoqda. Shuningdek, jabrlanuvchiga 60 ming yevro kompensasiya ham to‘lash lozim bo‘ladi. 

Italiyadagi ilk sud jarayonida futbolchi bu ishda qo‘li yo‘q ekanligini rasman e’lon qildi. Keyinroq, o‘z Instagram sahifasida bunday iflos ishlarda ishtirok etmaganini bir necha bor ta’kidlab o‘tdi. Robinyoning advokati Marisa Aliya esa, vaziyat ancha yumshaganini ma’lum qilmoqda: «Mijozimning bu ishga daxli yo‘q. Biz allaqachon sudning ayblovi noo‘rin ekanligini isbotlash uchun ishga kirishdik.»

Italiya hukumati gumonlanayotgan shaxslarga ikki bor appelyasiya berish imkonini beradi. bu orada, ayblanuvchi ozodlikda erkin harakat qilishi mumkin. Har ehtimolga qarshi, Robinyo Italiyadan uzoqroqda bo‘lishga intilmoqda. Qahramonimiz «Istanbul» Yevropa Ligasi doirasida «Roma»ga qarshi o‘yin o‘tkazganida Rimga borishdan bosh tortgan edi. Shu o‘rinda qiziq bir fakt. Robinyo o‘z faoliyati davomida birinchi bor ancha avvalroq shunday ahvolga tushib qolgan edi. 2009 yilda «Manchester Siti» futbolchi sifatida Lidsdagi tungi klublardan biridagi voqea sababli uni huquqni himoya qilish organlari olib ketishgan, ammo DNK testi futbolchining aybsiz ekanligini isbotlagan edi. 

Bugungi kunda Robinyo o‘zini erkin his eta olmaydi. Sababi, Braziliya hukumati o‘z fuqarolarini boshqa davlatlarga bermaslik konstitusiyada yozilgan. Shunday bo‘lsada, agar ayblovlar isbotlansa, Robinyo o‘z mamlakatida qamoq jazosini o‘tashiga to‘g‘ri keladi. Hozircha, bu xavf yo‘q. Sababi, Robinyoning advokatlari va yuristlari Italiya sudini ancha qiyin ahvolga solib qo‘ydi. 

Agar Italiya sudi futbolchini aybdor deb topsa ham bu hali yakun degani emas. Brazliya sudi Robinoning ishini o‘zi qayta ko‘rib chiqadi va o‘z konstitusiyasiga binoan jazolashi mumkin. Braziliya qonunlariga ko‘ra, nomusga tegish uchun 6-10 yil jazo tayinlanadi. E’tiborlisi shundaki, Braziliya hukumati o‘z futbolchilarini ayab o‘tirmaydi. «Roma»da to‘p surgan Mansini ham xuddi shunday ahvolga tushgan edi. Italiyada uni aybdor deb topishgach, Brazliyada uni 32 oy qamoq jazosi bilan jazolashadi. Futbolchi 6 oydan so‘ng ozodlikka chiqadi. Robinyoning «Santos»dan ketishi aslida hech qanday muammo emas. Asosiy muammo hali to‘liq hal etilganicha yo‘q.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:25, 18.10.2020.
O'qildi: 6264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.