Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"FourFour Two" dunyoning eng kuchli pleymeykerlarini e’lon qildi (top 10)

"FourFour Two" dunyoning eng kuchli pleymeykerlarini e’lon qildi (top 10)

Baho:
+1 | -

Taniqli "FourFour Two" nashri dunyoning ayni damdagi eng kuchli pleymeykerlari bilan tanishtirib o‘tadi. Ushbu ro‘yxatdagi futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.

10 o‘rin. Jek Grilish

"Aston Villa" futbolchi bir necha mavsumdan beri turli nashrlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Yozda Birmingem klubiga "Manchester Yunayted" jamoasi 60 million yevrolik taklif bilan chiqqan bo‘lsada, maqsadiga erisha olmagan edi. E’tiborlisi shundaki, "Aston Villa" jamoasi yangi mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda boshladi. Ayniqsa, «Liverpul» bilan o‘yinda jamoa o‘zini nimalarga qodir ekanligini namoyish etdi. Bu g‘alabalarda Grilishning xizmatlari ulkan. Jek o‘ytgan mavsumda jamoani elitada jon saqlab qolishini ta’minlagan edi. Bu mavsumda esa, butun jamoani ortidan katta maqsadlar sari yetaklamoqda.

9 o‘rin. Kristian Eriksen

Daniyalik futbolchi so‘nggi paytlarda biroz ko‘zga ko‘rinmay qolgani bor gap. «Inter»ga o‘tish o‘zini umuman oqlamadi. Qahramonimiz Kontening 3 ta himoyachi bilan to‘p suruvchi sxemasiga sira moslasha olmayapti. Shunday bo‘lsada, undagi iqtidor hech qayerga ketib qolmagan. Shu bois, unga 9-o‘rindan joy taqdim etilmoqda.

8 o‘rin. Martin Edegor

Ayni damda «Real»da o‘zini ko‘rsatishga urinayotgan pleymeyker barchangizga yaxshi tanish. O‘tgan mavsumda «Real Sosyedad» bilan maydonda «mo‘’jiza»lar namoyish etgan futbolchi shu qadar ishonchli mavsum o‘tkazdiki, hatto "qirollik klubi" Modrich yoki Krooslardan birini sotib yubormoqchi ham bo‘ldi. Kutilganidek, yakunda Edegor Madridga qaydi, ammo Modrich va Krooslar sotuvga qo‘yilmadi. Shu bois, endi pleymeykerga o‘yin amaliyoti biroz kamlik qilmoqda.

7-o‘rin. Jovanni Reyna

Endigina 18 yoshni qarshi oluvchi AQSH terma jamoasi a’zosiga e’tibor qarating. Butun boshli «Borussiya Dortmund»ni ortidan ergashtirayotgan iqtidor egasining o‘yinlari kishi ko‘zini qamashtirmoqda. Tan olish lozim, Reyna uchun bu boshlanishi xolos. U progressdan to‘xtab qolmasa, ushbu ro‘yxatni bir necha yildan keyin boshqarib borishi mumkin.

6-o‘rin. Alexandro Papu Gomes

"Atalanta" jamoasi sardori va pleymeykeriga 6-o‘rindan joy berildi. Jussasi kichik bo‘lishga qaramay, Gomes butun maydon bo‘ylab harakat qilishi va xavfli vaziyatlar yaratishi, istalgan daqiqada uni markaziy hujumda ham ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda, Gomes ushbu ro‘yxatimizdagi eng kamtarin futbolchi. Shunday bo‘lsada, uning mahorati qolganlarnikida sira qolishmaydi.

5-o‘rin. Kay Havers

Yangi mavsumni «Chelsi»da boshlagan futbolchi kuchli beshlikni ochib beradi. «Chelsi» tarixidagi eng qimmat transferga aylangan pleymeykerning kelajagi porloq. Maydonni ko‘rish, kerakli paytda hujumga temp berish borasida Kay istalgan futbolchi bilan bahslashishga qodir. Agar Lempard unga ishonishda davom etsa, nemis tez orada APLning birinchi raqamli pleymeykeriga aylanishi turgan gap.

4-o‘rin. Bruno Fernandesh

«Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolagach, Bruno tezda omma e’tiboriga tushdi. Unga qadar, "A seriya" va Portugaliya chempionatlarida u bilan hech kim qiziqmagan edi. Qishda klub safiga kelishiga qaramay, Bruno yakunda eng sermahsul futbolchiga aylandi va bir nechta rekordlar o‘rnatdi. Ayni damda, qahramonimizsiz «MYU»ning oldingi chizig‘ini tasavvur qilish mushkul. Bruno qisqa muddatda yetakchiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

3-o‘rin. Xames Rodriges

Agar bu reyting o‘tgan mavsumda tuzilganida, Xames kuchli 30 talikka ham kira olmagan bo‘lar edi. «Everton»ga o‘tgach, kolumbiyalik yarim himoyachiga Karlo Anchelotti erkinlik taqdim etdi. Bu esa, uning avvalgi darajasiga chiqishi uchun eng so‘nggi imkoniyat edi. E’tiborlisi shundaki, Xames bu «sovg‘a»dan unumli foydalandi. Ayni damda, u «Everton»ning barcha hujumlaridan faol ishtirok etmoqda. Agar «irislar» shu tempni mavsum so‘nggiga qadar ushlab qolsa, yakunda chempionlik uchun imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin.

2-o‘rin. Kevin De Bryuyne

Aslida, Kevin bu ro‘yxatda birinchi o‘rinni olishi lozim edi, ammo «Siti»ning YECHL va APL sovrinlarisiz qolgani bunga to‘sqinlik qildi. O‘tgan mavsumda «shaharliklar» muxlislari hatto Pep Gvardioladan ham xafa bo‘lishdi, ammo Kevinga hech kim e’tiroz bildirmadi. Sababi, u o‘z ishini professional darajada ado etishda davom etmoqda.

1-o‘rin. Tomas Myuller

Birinchi o‘rinda esa, hali-hamon aslida qaysi pozisiyada to‘p surishi noma’lum bo‘lgan Tomas Myuller egallamoqda. Nostandart harakatlar qiroli va chinakam «jangchi». Niko Kovach davrida jamoadan ketish uchun chamadonlarini yig‘ayotgan futbolchiga Xans Ditter Flik ishonch bildirishga qaror qildi. Oqibatda, Myullerning «ishtaxasi» ochilib ketdi. Flik Levandovski erkinroq harakat qilishi uchun Myullerni ortga, pleymeyker zonasiga ko‘chirdi. Tomas bu vaziyatdan ham o‘ziga naf chiqardi va Bundesligada assistlar borasida bir nechta rekordni yangiladi. Eng muhimi esa, jamoa bilan Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.

Manba: FourFour Two
Kiritildi: 20:39, 19.10.2020.
O'qildi: 10188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.