Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Roma» uni olib qolmoqchi

Rimning «Roma» jamoasi Edin Jeko bilan bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, bosniyalik hujumchi jamoa bilan o‘rtadagi shartnomani yana ikki yilga uzaytirishga qaror qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Roma» o‘z yetakchi futbolchisini yana ko‘proq o‘z tarkibida qolishi uchun uning maoshini ham birmuncha ko‘tarib berishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, Edin Jekoning «bo‘rilar» bilan shartnomasi 2022 yilda o‘z yakuniga yetadi.

«Inter»dan o‘zgacha yurish

Milanning «Inter» klubi Kolubmiyalik darvozabon Kamilo Vargas bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, "Atlas" klubining 31 yoshli darvozaboni ham Yevropaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Manbaning ma’lum qilishicha, darvozabonning "Atlas Gvadalaxara" bilan shartnomasi 2022 yilda o‘z yakuniga yetadi. Shu bois, ushbu transferdan meksikaliklar 5-10 million yevro ishlab olmoqchi.

«Dinamo» «Liverpul» futbolchisiga ko‘z tikdi

Zagrebning «Dinamo» klubi «Sporting» jamoasi a’zosi Rafayel Kamashu bilan muzokaralar olib bormoqda.

Xorvatiya klubining rasmiy sayti bergan ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda transferning moliyaviy masalalari hal etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli vinger Portugaliya klubiga «Liverpul»dan tashrif buyurgan va qisqa muddat ichida Portugaliya chempionatida o‘zini ko‘rsatgan edi.

«Roma» Seadni nishonga oldi

Rimning «Roma» jamoasi qishda «Arsenal» himoyachisi bilan tarkibini kuchaytirib olmoqchi.
LGDS nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, «bo‘rilar» nishonida London klubi qanot himoyachisi Sead Kolashinas turibdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Roma» bosniyalik futbolchining transferi uchun 5-10 million yevro taklif etmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta Saad Kalashinas o‘z rejalariga kiritmagan. Shu bois, futbolchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida boshqa klubga yo‘l olish niyatida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:36, 19.10.2020.
O'qildi: 8395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик