Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Ansu Fati YECHL doirasida "Ferensvarosh" (5:1) ustidan qo‘lga kiritilgan yirik g‘alaba hamda jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Turnirni ajoyib g‘alaba bilan boshladik, mana shunday ruhda davom ettirishimiz kerak. Kiritgan golim borasida jamoadoshlarim oldidan qarzdorman, ular bilan birga o‘ynab gol kiritish juda oson. De Yong ajoyib pasni amalga oshirdi - men esa zarba berishim kerak edi, xolos.
Messi - bu Messi. U istalgan vaziyatda gol ura oladi. U biz bilan birga ekanligidan xursandman va undan o‘rganishda davom etaman", - 17 yoshli Fatini so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.