Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Baxtiyor Ashurmatov: «O‘yindan oldin bugungi o‘yin «yil jangi» bo‘lishini aytib o‘tgandim»

Baxtiyor Ashurmatov: «O‘yindan oldin bugungi o‘yin «yil jangi» bo‘lishini aytib o‘tgandim»

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

"Bugungi o‘yin bu yilgi mavsumdagi eng omadli va eng jangovor o‘yinlardan biri bo‘ldi. Futbolchilarimiz juda katta xajmdagi ishni bajarishdi. Bunday o‘yin uchun yigitlarimiz bilan faxrlanmaslikni ilojisi yo‘q. Afsuski bugungi xursandchligimizni Norbekov hamda Berdiyevlarning jarohat olganliklari biroz buzib turibdi. Norbekov operasiya qilinadigan bo‘lyapti. Suhrob Berdiyevni holati bo‘yicha  esa tibbiy tekshiruvlar yakuniga yetgandan so‘ng shifokorlar bir xulosaga kelishadi. Eng birinchi o‘rinda Ollohdan har ikki futbolchimizga shifo so‘rayman. Ular tezroq sog‘ayib safimizga qaytishini tilayman. Bugun sog‘liklarini tavakkal qilib, o‘zlarini ayamasdan, borlarini berib o‘ynashgani uchun futbolchilarimga katta minnatdorchilik bildiraman. AGMK bugungi kunda tarkib jihatidan ham, moliyaviy tomonidan ham, murabbiylar shtabining malakasi tomonidan ham  O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lib turibdi. Shu sababli yigitlarga o‘yindan oldin bugungi o‘yin “yil jangi” bo‘lishini aytib o‘tgandim . Bu o‘yinga biz mavsumning eng muhim o‘yiniga chiqqandek, final o‘yiniga chiqqandek tayyorgarlik ko‘rgan edik. Futbolchilarimiz murabbiylar shtabining talabini to‘g‘ri tushunishdi va biz bugun juda muhim bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdik.

Bu yilgi natijalarimizda rahbarlarimizni, muxlislarimizni , klubimiz tizimida ishlayotgan barcha xodimlarni katta hissalari bor. Fursatdan foydalanib butun  jamoaga  o‘zimni minnatdorchiligimni izhor qilaman.Bugungi g‘alaba bizda mavsum yakunlanishiga 5 tur qolganda, sovrinli o‘rinlar uchun kurashish imkoniyatimizni saqlab turibdi. Bu albatta quvonarli holat. Oldinda bizni “Nasaf”ga qarshi o‘yin kutib turibdi. O‘ylaymanki yigitlarimiz Qarshida ham o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishadi.

Bugungi g‘alabadagi asosiy omil bu futbolchilarimizning maydonda bir oila bo‘lib , borlarini berib o‘ynaganlari bo‘ldi deb o‘ylayman. O‘yindan oldin bizda asosiy tarkibga kimni tushurish muammosi bor edi. Avazxon Mamatxo‘jayev oxirgi ikki o‘yinda o‘ng qanotda juda yaxshi o‘yin namoyish qilgan edi. Hamma biladi bizda o‘ng qanotda Murod Xolmuhammedov o‘ynar edi. Biz Mamatxo‘jayevga tarkibda joy berish uchun Xolmuhammedovni tayanch  yarim himoyasiga o‘tkazdik. Barchangiz ko‘rdingiz Murodjon bugun juda foydali o‘yin ko‘rsatdi. Xolmuhammedov jamoamizni maydonda ham , maydon tashqarisida ham haqiqiy yetakchisi hisoblanadi. Shuningdek Muzaffar Muzaffarov, Yakuba Bamba kabi futbolchilarimiz zahirada qolishdi. Tarkibimizda bunday raqobatni borligi bizni albatta xursand qiladi. Hozir hamma futbolchilarimiz yuqori sport formasidalar. Tarkibga kirmay qolgan futbolchilarimizdan uzr so‘rayman, ular ham  albatta asosiy tarkibga kirishga loyiq futbolchilar.

Taqvimning zichligi qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Lekin bunday paytda futbolchilarning xarakterlari , yigitlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari juda muhim. Ikkinchi tomoni bizga mana shunday tig‘iz taqvim ma’qul kelmoqda. Markazlashgan o‘yinlarda ham jamoamiz yaxshi natijalarni qayd etishgan edi. O‘ylaymanki hammasi yaxshi bo‘ladi.

Biz o‘yindan oldin maydonning qaysi tomonida jarima to‘plari tepish imkoni bo‘lsa, kim tepishini futbolchilarga aytamiz. Shuning uchun jarima zarbalarini Muhammadanas Xasanov, Suhrob Berdiyev va Murod Xolmuhammedovlar ijro etishdi. Penalti tepish masalasida esa barchaga  ma’lum Murod Xolmuhammedovga raqobat qiladigan futbolchi nafaqat O‘zbekistonda , balki butun dunyoda ham juda kam.

AGMK jamoasi ham bugun juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa meni xursand qilgan narsa , futbolchilar maydonda feyr-pleyga amal qilib , futbolchilarimiz maydonda jarohat olishganda to‘pni maydondan chiqarib yuborishdi. Biz to‘pni maydonda chiqarib yuborgan vaziyatda esa to‘pni yana o‘zimizga qaytarib berishdi. O‘yindan keyin Sanjar Tursunovga oliyjanobligi uchun alohida rahmat aytdim. AGMKga keyinga o‘yinlarda omad tilayman", — dedi Ashurmatov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 18:42, 26.10.2020.
O'qildi: 3300 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.