Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

MOQda velosiped sportining istiqbolli rejalari muhokama qilindi

MOQda velosiped sportining istiqbolli rejalari muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Kecha Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasining Tokio-2020 Olimpiadasi, shuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik dasturi muhokama qilindi. Unda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari, federasiya bosh kotibi va terma jamoa trenerlari ishtirok etishdi.

Cuhbat davomida sportchilarimizning nafaqat bo‘lajak musobaqalarda ishtirok etish, balki medallar uchun kurashish imkoniyatlari ham atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yurtimizda ushbu sportining ommaviyligini yanada oshirish, shosse va trekda xalqaro arenalarda munosib ishtirok eta oladigan erkaklar va ayollar professional jamoalarini tashkil qilish kabi masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Muloqotni jamoamizda faoliyat olib borishi kutilayotgan xorijlik murabbiylar Valentin Savitskiy (Rossiya) va Sergey Volchok (Belarus) ham kuzatib borishdi. Ma’lumot uchun, Segrey Volchok trekning tempo, Valentin Savitskiy esa sprint yo‘nalishida ishlaydi. Allaqachon Toshkentga yetib kelgan S.Volchok majlisda shaxsan qatnashdi. Yaqin kunlar ichidaushbu mutaxassis rasman tanishtiriladi.

Taqdimot yakunida MOQ rahbari federasiyaning rejalarini qo‘llab-quvvatladi va bu borada o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli tavsiyalar berdi. Jizzax viloyatida qurilayotgan VMX trassasi bitgach, ushbu yo‘nalishda ham xorijlik murabbiyni jalb qilish taklifi ma’qullandi.

Kiritildi: 09:28, 28.10.2020.
O'qildi: 2153 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.