Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya - Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Kuman: «Bu «Barselona»ning mavsumdagi eng yaxshi o‘yini bo‘ldi»

Kuman: «Bu «Barselona»ning mavsumdagi eng yaxshi o‘yini bo‘ldi»

Baho:
+1 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Yevropa chempionlar ligasi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Yuventus»ga qarshi o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Bu bizning joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘ldi. Yevropaning kuchli jamoasiga qarshi juda muhim g‘alabaga erishdik. Bugun namoyish etgan o‘yinimiz va ko‘rsatgan xarakterimizdan qoniqish hosil qildim.

Men uch himoyachi bilan o‘ynashga qaror qildim. Bir futbolchi oldinga surilishi oqibatida maydon markazida son jihatdan ustunlikka erishdik. Buning evaziga ko‘p golli vaziyatlar yaratdik. Ochig‘ini aytsam, o‘yin taqdirini ertaroq hal etib qo‘yishimiz mumkin edi.

Grizmannga shunchaki omad yetishmayapti. Bugun unda 2ta ajoyib vaziyat bo‘ldi. Bir vaziyatda u ustunni nishonga oldi. Ammo har ikki vaziyatda u maksimal yaxshi harakat qildi.

Markaziy himoyada o‘yinchi yetishmovchiligiga duch kelishimizni mavsum boshidayoq bilgan edik. Kimdir jarohat olsa, muammolar boshlanadi. Frenki de Yong Niderlandiya terma jamoasida bu pozisiyada o‘ynagan edi, shu bois, bugun o‘z ishini yomon bajarmadi», — dedi Kuman.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 08:58, 29.10.2020.
O'qildi: 4582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик