Kataloniyaning «Barselona» klubi yosh futbolchisi Ansu Fati o‘zining kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ansu Fati joriy mavsumda kelajakda Messining o‘rnini egallay olishini amalda isbotlab kelmoqda. 18 yoshli futbolchi «ko‘k-anorranglilar»ning 5 ta uchrashuvida maydonga tushib, to‘rtta gol kiritishga ulgurdi.
«Bu boshlanishi. Umid qilamanki, uzoq yillar mobaynida «Barselona» klubining asosiy futbolchilaridan biri bo‘laman, — dedi Fati.