Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Baxtiyor Ashurmatov:"Bugun bizning kunimiz emas ekan"

Baxtiyor Ashurmatov:"Bugun bizning kunimiz emas ekan"

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasi 22-tur doirasidagi Nasaf – Qo‘qon-1912 uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

Bugun biz uchun hal qiluvi va ahamiyatli o‘yin edi. Bugun g‘alaba qozonsak, uchinchi o‘rinni olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lardik. Yigitlar ham shuni his qilgan holda maydonda borlarini berib o‘ynashdi. Afsuski, bugun bizning kunimiz emas ekan. Yigitlarimiz bugungi ko‘rsatgan o‘yinlaridan uyalmasdan, boshlarini baland ko‘targan holda navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko‘rishsa bo‘laveradi.. “Nasaf” ayrim vaziyatlarda tezkorligi bilan ajralib turgan bo‘lishi mumkin.Lekin vaziyatlar yaratishda va jangavorlikda raqibga yutkazganimiz yo‘q.Futbolchilarimiz ham raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Bugungi g‘alaba “Ajdarlar” uchun ikkinchi o‘rinni olishda juda qo‘l keladi. Ro‘ziqul Berdiyev yosh va shijoatli jamoani shakllantira olgan. “Nasaf”ni bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz.CHempionatning kumush medalini olishda Nasafga omad tilayman.

Bizdan “Nasaf” chuqur himoyaviy o‘yin kutgan bo‘lishi mumkin. Shuni bilgan holda hujumkor o‘yin namoyish etishga harakat qildik. Bugungi bahsda Murod Xolmuhammedov penaltidan gol ura olmadi. Bu futbolda bo‘ladigan holat. Ko‘p narsa bugungi bellashuvga ham bog‘liq edi. Endi ikkinchi o‘rindagi jamoa bilan oramizdagi farq sakkiz ochkoga etdi. Shunday bo‘lsa-da, rejamiz o‘zgargani yo‘q. Qolgan to‘rtta uchrashuvni ham yuqori darajada o‘tkazishni maqsad qilganmiz. Oxirigacha o‘zimizni ko‘rsatish barcha uchrashuvda kerakli ochkolarni olish. Maqsadimiz iloji boricha chempionatni yuqori o‘rinda yakunlash.

Chempionatning qolgan qismini markazlashgan holda o‘tkazish borasida ko‘p muhokama bo‘lmoqda. To‘g‘ri markazlashgan xolda chempionat davom ettirilsa muxlislar bundan yutkazadi.Lekin o‘shanda barcha murabbiylar birinchi davra va ikkinchi davraning so‘nggi to‘rtta uchrashuvini markazlashgan holda o‘tkazishga kelishib olgandi.Menimcha, bu qaror to‘g‘ri deb bilaman.

Bugun tarkibimizdagi yo‘qolishlar to‘g‘risida gapirmoqchi emasdim.Bugun har ikki jamoa ham 11 nafardan futbolchi bilan maydonga tushdi.Lekin Suhrob Berdiyev va Shohnazar Norbekovlarning o‘rni bilindi.Norbekovning tezkorligi Nasaf bilan o‘yinda bizga asqotishi aniq edi.To‘g‘ri bizda imkoniyat bor.Lekin medallar uchun kurashish yo‘lida muxim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘ldan boy berdik.Bu mag‘lubiyatdan keyin medallar uchun kurashishda imkoniyatimiz pasayib ketdi.Bugun o‘ng qanotda o‘ynagan Sardor Azimov va Avaz Mamatxo‘jayevlar ham yuqori darajada o‘yin namoyish etishdi. To‘g‘ri biz gol o‘tkazvorganimizdan so‘ng katta tavakkal qildik. Uchta ximoyachi bilan o‘ynadik. “Nasaf” qarshi hujumda ikkinchi golni urishi ham mumkin edi. Muzaffarov va Bambaning tushishi o‘yinimizni kuchaytirdi. Ammo mezbonlar posboni bugun yaxshi o‘ynadi va biz hisobni tenglashtira olmadik.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 20:31, 31.10.2020.
O'qildi: 2402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.