Madridning «Atletiko» klubi Xose Ximenes himoyachisi YECHL doirasida «Lokomotiv» (1:1) klubi bilan qayd etilgan durangdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
«G‘alaba uchun bor kuchimizni ishga soldik. Biz uchun yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, lekin raqib himoyada yaxshi o‘yin namoyish etdi.
Oldinga qadam tashlashda davom etishimiz kerak. Baxtli tasodif tuqayli hisobimizda bitta g‘alaba bor, lekin, safardagi durang natija ham yomon emas. Bu - YECHL, bu yerda har bir detal rol o‘ynaydi.
G‘alaba qozonishga bo‘lgan ishonchimiz yuqori edi, shu sababli qayd etilgan durangdan xafamiz. Lekin xotirjam bo‘lishimiz kerak.
Raqibni tabriklash kerak. Ular asosan qarshi hujumda o‘z omadlarini sinab ko‘rishlarini bilgandik. Ammo, biz yaxshi ishlarni amalga oshirdik. Shunday bo‘lsada bir ochko ishladik, lekin uch ochko xohlagandik», – dedi Ximenes.