Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Jasur Hamroyev: «Dinamo» Superliga yo‘llanmasi uchun oxirigacha kurashadi»

Jasur Hamroyev: «Dinamo» Superliga yo‘llanmasi uchun oxirigacha kurashadi»

Baho:
+ | -

Pro liga 16-turi doirasidagi «Dinamo» - «Neftchi» (2:0) uchrashuvidan keyin shu kuni Samarqand jamoasini ilk marta maydonga boshlab tushgan Jasur Hamroyev o‘yin haqida to‘xtaldi.

- Muhim g‘alabaga erisha olganimiz va muxlislarimizni quvontirganimizdan xursandman. Bugun butun jamoamiz o‘yindagi g‘alaba bizga qay daraja muhimligini yaxshi anglagandi. Bilasiz, hozir Superliga uchun to‘rt klub kurash olib bormoqda va har bir o‘yin juda og‘ir o‘tmoqda. Yigitlar mas’uliyatni chuqur anglagan holda maydonda borlarini berishdi va uch ochkoga ega chiqishdi. Ushbu g‘alaba uchun har bir futbolchidan tortib klubning oddiy qorovuligacha hissasi bor, deb o‘ylayman.

Bugun yigitlar ham, biz ham hech qanday bosimni his qilganimiz yo‘q, eng avvalo Samarqand sha’ni va futboli uchun maydonda borlarini berishdi. Maqsad o‘zgarmaydi – Superliga uchun oxirigacha kurashishda davom etamiz. Elitaga chiqishimizni muxlislar kabi har bir futbolchi ham xohlaydi. Yigitlarimizda o‘yindan-o‘yinga ishonch ortishiga ishonaman.

Tarkibdagi o‘zgarishlar? Jiddiy rotasiya qildik deb o‘ylamayman, hammasi o‘sha o‘zimizni tarkibdagi futbolchilar. Bugun o‘zlariga ko‘proq ishonishdi, omad ham biz tomonda bo‘ldi. Qolaversa, bugun hujum chizig‘ida maydonga tushgan Amirjon Safarovni alohida e’tirof etgan bo‘lardim. U hujumda bo‘lgani kabi yarimhimoyaga ham katta yordam berdi, o‘yinni o‘ziga olishga intildi. Umuman olganda, jamoamiz asosi yoshlardan iborat ekanligi uchun ularning o‘yindan-o‘yinga o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Yigitlarimiz mehnatlari evaziga peshqadam «Neftchi»dan ustun kelishdi. Ulardan ishtiyoq kuchli bo‘ldi.

«Sho‘rtan» bilan o‘yin? Orqaga yo‘l yo‘q. Ertadan navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz. Butun jamoa katta ishtiyoq bilan mehnat qilib, navbatdagi bahsda ham faqat g‘alabani ko‘zlaydi», - deydi o‘yindan keyin Jasur Hamroyev.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» navbatdagi turda o‘z maydonida «Sho‘rtan» klubini qabul qiladi. Bahs 14 noyabr shanba kuni o‘tkaziladi.

 

Manba: "Динамо" матбуот хизмати
Kiritildi: 19:34, 10.11.2020.
O'qildi: 2472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.