Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Asror Aliqulov: «Bu durang «Dinamo»ni ham, «Sho‘rtan»ni ham qoniqtirmaydi»

Asror Aliqulov: «Bu durang «Dinamo»ni ham, «Sho‘rtan»ni ham qoniqtirmaydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pro liga 17-turi doirasidagi «Dinamo» - «Sho‘rtan» (1:1) o‘yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘yin haqida to‘xtaldi.

«Bugungi bahsdagi durang ikki tomon uchun ham bir ochko emas, 2 ochko yo‘qotilgan bahs sifatida qoladi. To‘g‘ri, «Dinamo» 2-bo‘limda o‘yinda ancha ustunlik qildi, ammo biz ham birinchi taymda gol o‘tkazib yuborishimizga qaramay, hisobni tenglashtirdik, keyin esa yaqqol golli vaziyatdan foydalana olmadik. Shu bois, faqat «Dinamo» emas, biz ham muhim ochkolarni boy berdik. Futbolchilarimiz texnik va jismoniy jihatdan kuchliroq bo‘lganda ikkinchi bo‘limda ham gol kiritishimiz mumkin edi. Samarqand klubi ham ikkinchi bo‘limda uzun paslar, standart vaziyatlardan bo‘ydor hujumchi va himoyachilari evaziga g‘alaba golini urishga intildi. «Dinamo» bilan mavsumda 3-marta ro‘baro‘ kelganimiz uchun o‘yinchilarimiz raqibning bu uslubiga tayyor edi.

Tarkib borasida muammolarimiz ko‘p. Menimcha, to‘rtlikdagi uch klubdan ko‘ra aynan bizda jarohat bo‘yicha yo‘qotishlarimiz ko‘proq. Shunga qaramay, bor imkoniyatimizdan foydalanib jamoalarga qarshilik ko‘rsatayapmiz. Katta mashaqqat evaziga durang qayd etdik. Ammo bu durang ikki jamoaning ham foydasiga ishlamaydi.

Jamoamiz jismoniy jihatdan ustun emasligi bois, buni imkonqadar taktik jihat qoplashga urinayapmiz. Aytaylik, «Dinamo»da bo‘ydor va baquvvat himoyachilar ko‘p. Shu bois ularga qarshi uzun paslar bilan o‘ynashdan foyda bo‘lmaydi. Natijada qisqa paslar va qarshi hujumda to‘p surdik. «Dinamo» bilan o‘tgan uch o‘yinimizda ham hisobda ortda qolib, raqibning ustunligiga qaramay farqni yo‘qqa chiqara olganimiz taktik jihatdan to‘g‘ri o‘ynashimiz tufayli bo‘lishi mumkin.

Ikki o‘yin mehmonda, yana bitta bahsni o‘zimizda o‘tkazamiz. Tarkibda o‘zgarishlar qilsak-da, hammasi yigitlarimizga bog‘liq. Muhim ochkolarni qo‘lga kirita olsak, Superliga yo‘llanmasi masalasini hal qilishimiz mumkin. Hammasi yigitlarimizning qo‘lida, biz oxirigacha kurash olib boramiz», - deydi «Sho‘rtan» bosh murabbiyi Asror Aliqulov.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Kiritildi: 23:27, 14.11.2020.
O'qildi: 2467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.