Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Prezident farmonlari ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Prezident farmonlari ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari, shuningdek, “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, ushbu hujjatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bosh kotibi Avaz Maksumov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov, vazirlikning boshqarma boshlig‘i Aziz Hasanov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda nutq so‘zlagan O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bajarilayotgan ishlar bo‘yicha axborot berdi.

O‘FA bosh kotibi OFK va UYEFA kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab borilayotgani va mazkur tashkilotlarning donor mablag‘lari hisobidan Nukus, Namangan, Buxoro va Toshkent shaharlarida eng zamonaviy stardartlar asosida sun’iy qoplamali maydonlar qurib bitkazilganligi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish yo‘lida yurtimiz bo‘ylab "sport maktablar futbol ligasi", hududiy terma jamoalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi, “Professional futbol maktablari ligasi” kabi tashkil etilgan bir qator musobaqalar hususida so‘z yuritdi.

"Ushbu turnirlar orqali yuzlab iqtidorli futbolchilar Aziz Haydarov, Timur Kapadze va Server Jeparov tomonidan saralab olinib, terma jamoalar bo‘limiga tavsiya etilmoqda. Futbolni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va muntazam shug‘ullanib borishi uchun sharoit yaratish maqsadida bolalar maktab musobaqalaridan boshlab, professional klublargacha bo‘lgan jarayonda seleksiya mezoni ishlab chiqildi", - dedi Avaz Maksumov.

Futbolchilarning jismoniy holatini tekshirish, ilmiy-tahliliy yondoshish, kuzatib borish va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida zamonaviy texnologik POLAR tizimi xarid qilinib, amaliyotga tadbiq qilinganligi futbolchilarning jismoniy va funksional holatini real vaqt davomida monitoring qilib borish imkoniyatini taqdim etganligi ta’kidlandi.

"Butun mamlakatimiz bo‘ylab faoliyat olib borayotgan futbolchilar haqidagi umumiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi tashkil etildi. Maxsus dasturdan iborat ushbu elektron baza yordamida futbolchilar faoliyati kuzatib boriladi va monitoring qilinadi. Unda Respublikaning barcha yoshdagi professional va yosh futbolchilari haqida ma’lumotlar to‘planadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi", - dedi o‘z nutqi so‘ngida O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:44, 20.11.2020.
O'qildi: 1639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик