Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Vadim Abramov: «O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2022 saralashining keyingi bosqichiga chiqsa, «Bunyodkor»ni tark etaman»

Vadim Abramov: «O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2022 saralashining keyingi bosqichiga chiqsa, «Bunyodkor»ni tark etaman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov «Futbol Plyus» radio eshittirishidagi suhbat chog‘ida bir vaqtda ham klub, ham terma jamoada ishlayotgani masalasida fikr yuritdi.

"O‘z vaqtida «Lokomotiv»dan O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tganimda, menga hech kim klubdan ketish haqida gapirmagan. O‘sha vaqtda bu qarorni o‘zim qabul qilganman, chunki u paytlar bu qaror to‘g‘ri edi. O‘sha vaqtda «Paxtakor» va «Bunyodkor» o‘rtasida kuchli raqobat bor edi, shuningdek, boshqa jamoalar ham ularga raqobat qila olardi. Futbolchilar tanlovi katta edi, shu sabab men ham xotirjam edim.

Biroq hozir bizning futbolda shunday vaziyatki, terma jamoaning asosi, deyarli 11-12 futbolchi «Paxtakor» o‘yinchilaridan iborat bo‘lib qoldi. Bu milliy terma jamoa uchun katta minus. «Paxtakor» Chempionlar Ligasida qo‘shimcha yuklama oladi, o‘sha-o‘sha tarkib. Biz nima qilamiz, faqat Shota Arveladze bilan o‘ringa o‘rin almashamizmi? Uch kun ichida ularga boshqacha o‘yin uslubini singdira olmayman.

O‘ylashimcha, hozirda «Bunyodkor» orqali terma jamoaga ko‘proq foyda keltira olaman. «Bunyodkor»da terma jamoada to‘p sura oladigan va mening ko‘rsatmalarimni bajara oladigan yosh futbolchilar paydo bo‘ldi. Terma jamoa keyingi bosqichga o‘tishi bilan men o‘zim klubni tark etaman va faqat O‘zbekiston terma jamoasi bilan shug‘ullanaman.

Tasavvur qiling, agar «Bunyodkor» bosh murabbiyi bo‘lmaganimda nima bo‘lardi? Pandemiya sharoitida shuncha vaqt nima qilardim, faqat o‘yinlarni kuzatib borarmidim? Men u siz ham har bir o‘yinni kuzatib boraman. Buning nimasi muammo, bilmadim. Men bo‘lmasam «Bunyodkor» bundan aziyat chekadi, terma jamoaga esa bu hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi", — dedi Vadim Abramov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:02, 24.11.2020.
O'qildi: 4746 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.