Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

No‘’mon Hasanov: «Mash’al» biz uchun noqulay raqib»

No‘’mon Hasanov: «Mash’al» biz uchun noqulay raqib»

Baho:
+ | -

Superliga 24-turdan o‘rin olgan "Mash’al" — "Navbahor" (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Avvalo, "Mash’al" jamoasini haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi goldan so‘ng ko‘p narsa o‘zgarib ketdi. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz yomon chiqmadi. Futbolchilar yaxshi maydonda o‘ynashga o‘rganib qolishibdi. Paslar bilan kombinasion futbol ko‘rsatishimizga qaysidir ma’noda maydon sababchi bo‘ldi. Noqulay ob-havo sabab mashg‘ulotlarni zalda olib bordik. Mana shu omillar o‘yinimizni qovushmaganiga ta’sir ko‘rsata oldi.

— Birinchi davrada markazlashgan chempionatda o‘tgan uchrashuvda "Navbahor" 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi, bugun esa yirik hisob qayd etildi. "Mash’al" "Navbahor" uchun noqulay raqibga aylanib ulgurdimi?
— Birinchi davradagi o‘yinda men yo‘q edim, tribunada o‘tirgandim. Ko‘rayotgan bo‘lsangiz bizda o‘yinimiz o‘zgardi. Uchta o‘yinda g‘alaba qozondik. Ko‘proq paslar bilan o‘ynay boshladik. Balki siz aytganingiz to‘g‘ridir. "Mash’al" biz uchun noqulay raqib. O‘yinimiz o‘xshamadi, sifatli maydonda boshqacha harakat qilishimiz mumkin edi.

— Uchta golda kimning xatosi ko‘proq bo‘ldi himoyachilarnimi yoki darvozabonni?
— Birinchi golda darvozabonning xatosi ko‘proq bo‘ldi. Chunki biz pas bilan birinchi zonadan ikkinchi zonaga o‘tamiz. To‘pni tepaverib o‘zimizga o‘zimiz gol olib keldik. Umuman hamma xato qildi. Yigitlarda shasht va shijoat ko‘rinmadi. Bu o‘yinga tayyorgarlikdan o‘zimni ham ko‘nglim to‘lmadi. Fitnes zalida mashg‘ulotlarni o‘tkazdik.

— Superligada qaysi klublarning maydonini "Mash’al"nikidan ham yomon deya olasiz?
— Avvallari ham bu yerda maydon holati yaxshi bo‘lgan. Sovuqdanmi yoki qor sababmi maydonda to‘p yurmadi. Hozirgi vaqtda "Navbahor" maydoni eng yaxshisi deya olaman. Qishki mavsumda chempionat o‘yinlari bo‘lmas edi. Mavsum vaqtliroq yakunlanardi.

— Andrey Kanchelskis davridagi qaysi g‘oyalarni yo‘qotish qiyin bo‘lmoqda?
— Andrey Kanchelskis boshqaruvida jamoa uzun to‘plar bilan o‘ynardi. Asosan yigitlarni ruhiyatini ko‘tarishga harakat qilyapmiz. Hamma murabbiy har xil, uslubi, falsafasi turlicha.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 20:45, 24.11.2020.
O'qildi: 1482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик