Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 0-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-0 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Superliga. Chempionlikni naqd qilgan "Paxtakor" Qarshida sharmanda bo‘ldi

Superliga. Chempionlikni naqd qilgan "Paxtakor" Qarshida sharmanda bo‘ldi

Baho:
+ | -

Joriy mavsum chempionligini o‘tgan turda naqd qilishga ulgurgan Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Superliganing 24-tur doirasida Qarshida mahalliy "Nasaf" jamoasi bilan bellashdi.

Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi "Nasaf"ning yosh futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida mamlakatning amaldagi chempionini ayab o‘tirmadi.

Bahsning 6-daqiqasida Sharof Muhiddinov 30 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa qarshiliklar uyushtirgan chiroyli hujumni Stanoyevich aniq zarba bilan samarali yakunladi. Oradan ko‘p o‘tmasdan "Nasaf" "standart"dan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Akmal Mozgovoy bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda "Paxtakor"ni vaziyatni o‘nglashga harakat qildi. Bir vaziyatda Ne’matov zarba qaytargan bo‘lsa, bir vaziyatda Sergeevning zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegdi. O‘z navbatida Berdiyev shogirdlari qarshi hujumda bir nechta imkoniyatga ega bo‘lishdi, ammo ulardan foydalana olishmadi.

Shu tariqa, "Nasaf" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 49taga yetkazdi. Jamoa 2-o‘rin uchun kurashda yetakchiga aylandi.

"Nasaf" - "Paxtakor" 3:0

Superliga. 24-tur. Qarshi. "Markaziy" stadioni.

Gollar: SH.Muhitdinov 6, Stanoyevich 56, Mozgovoy 67.

“Nasaf”: 35.Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 10. Bobir Abdiholiqov (8. Javohir Esonqulov, 87), 14. Sharof Muhitdinov (50. Shohmalik Komilov, 87), 15. Jo‘rabek Mannonov, 20. Islom Kenjaboyev (19. Husain Norchayev, 75), 22. Akmal Mozgovoy (70. Abubakrizo Turdaliyev. 90), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (7. Dilshod Rahmatullayev,75), 92. Umar Eshmurodov.

"Paxtakor: 25.Eldor Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 23. Sherzod A’zamov, 34.Farrux Sayfiyev, 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 17.Dostonbek Hamdamov, 10.Dragan Cheran, 8.Asadbek Sobirjonov (18. Xojimat Erkinov, 61), 11. Igor Sergeev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:58, 25.11.2020.
O'qildi: 5489 marta.
Fikrlar: 45 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик