Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Mourinyo: "Maradona og‘ir kunlarimda yonimda dalda bo‘lardi"

Mourinyo: "Maradona og‘ir kunlarimda yonimda dalda bo‘lardi"

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Diyego Maradonaning vafoti haqida munosabat bildirdi.

«Maradona haqida gapirishim shart emas, chunki uni butun dunyo biladi va uni hech kim unutmaydi. Diyego – boshqacha. Uning do‘stim bo‘lganlar buyuk imtiyozga ega bo‘lgan. Shuni aytishim mumkinki, u mening ajoyib do‘stim edi, u bilan telefonda gaplashib turardik va albatta, bir necha marotaba uchrashganmiz.

Uning yuragi katta edi. Men uni sog‘inaman. Biz uni sog‘insak, uning o‘yinlarini Google orqali topsak bo‘ladi. Lekin biz u yerdan Diyegoni topa olmaymiz.

Bugungi kunimni yigitlar bilan u haqida va u bilan birga o‘tkazgan vaqtimiz haqida suhbatlashishga sarfladim. G‘alaba qozonganimizda emas, mag‘lubiyatga uchraganimizda uning qo‘ng‘iroq qilishlarini sog‘inaman.

G‘alaba qozonganimizdan keyin menga qo‘ng‘iroq qilish shart emasligini u bilardi, qiyin paytlarda esa doim yonimda bo‘ldi va har doim mag‘lubiyatdan keyin: «Joze, sen zo‘rligingni unutma»-derdi. Uning mana shunday daldalari bor edi. Men Diyegoni sog‘inaman», — Mourinyoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

Kiritildi: 11:37, 27.11.2020.
O'qildi: 5242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик