Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi o‘yinimiz bilan ayrim gap so‘zlarga javob berdik»

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi o‘yinimiz bilan ayrim gap so‘zlarga javob berdik»

Baho:
+ | -

Soca Cola Superliga 25-tur doirasidagi “Andijon” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

-  Gapni ochig‘i, bugungi o‘yinning ahamiyati biz uchun baland edi. Bugungi bahs “Paxtakor”  va boshqa kuchli jamoalar bilan bo‘ladigan uchrashuvlardan ham muhimroq edi. Boisi, o‘yindan oldin “Qo‘qon-1912” jamoasi “derbi”da raqiblarga yordam berishi mumkin, degan gap-so‘zlar ham ko‘payib ketgandi. Xudoga shukrki, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi, bugun g‘alaba qozondik va gap-so‘zlar asossiz ekanligini istobladik.

Yigitlarga bugun jamoamiz va muxlislarimiz sha’ni uchun ham maydonda borlarini berib harakat qilishlarini aytgandik. Ular ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajarishdi. Murabbiylar shtabi uchun muhim bo‘lgan bahsda g‘alaba qozonishdi. Biz bugungi o‘yinimiz bilan shu narsani ko‘rsatib berdikki, tanlagan yo‘limizdan adashmadik. Mag‘lubiyatga uchragan va g‘alaba qozongan bahslarda ham halol va vijdonan harakat qildik. Yigitlarga katta minnatdorchilik bildiraman, maydonda borlarini berib harakat qilishgani uchun.  “Paxtakor” va “Lokomotiv” bilan bo‘lgan o‘yinlarda ham bugungidek hayajonlanmagan edim.

Bevosita o‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bellashuv “Derbi”ga xos shiddatli tarzda o‘tdi. “Andijon” uchun bugungi bahsning ahamiyati juda yuqori edi. Ammo bugun omad bizga kulib boqdi. Jangovor o‘yinlari uchun raqiblarimizga  rahmat aytaman. “Andijon” men uchun begona emas, bu yerda ishlaganman jamoaga befarq emasman. O‘ylaymanki, “Andijon” superligadagi o‘rnini saqlab qoladi. Bugun jamoaning asosiy raqiblari ham mag‘lubiyatga uchradi.

Oxirgi turda kim kuchli bo‘lsa o‘sha jamoa Superligada qolsin. Hamma jamoalarga omad tilayman. Kuchlilar safida qolishiga tilakdoshman.

Ivan Yosovich bizning bu yilgi mavsumdagi omadli transferlarimizdan biri bo‘ldi. U yigit kamtar va jamoamizga tez kirishib ketdi. Maydonda ham o‘z o‘yini bilan muxlislar mehrini qozonishga erishdi. Rayevas esa barqaror o‘ynay olmadi. Ehtimol bunga chempionat paytidagi uzilishlar sabab bo‘lgandir. Bugungi o‘yin oldidan ikki futbolchiga uylariga ketishga ro‘xsat berdik. Ular 11 oy davomida vatanlariga borishmagandi. Qolaversa, bugungi bahsda maydonga tusha olishmasdi.

“Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan yuqori sakrashga erishdi. Jamoa oldingi mavsumlarda afsuski, kuchlilar safida qolish uchun kurashardi. Bu yil ana shunday holatlar yuz bermasligi shartligini rahbariyatimiz aytishgandi. Mavsum oxirini bexavotir o‘tkazaylik degan gaplar bo‘lgandi. O‘sha suhbatdan keyin seleksiyani yaxshi olib borsak, yuqoriroq o‘rinlarni olish mumkinliga ishongandim. Biz o‘z oldimizga yuqoriroq maqsad qo‘ygandik. Qaysidir jihatdan buni uddaladik. Qaysidir jihatdan buni uddalay olmadik. Biz uchinchi o‘rinni ham olishimiz mumkin edi. Afsuski, ayrim o‘yinlarda yo‘qotgan ochkolarimiz bizga pand berdi. Mavsumdagi natijamizdan yuz foiz qoniqmadim. Chunki, bu yigitlar bilan bundanda yuqori o‘rinlar uchun kurashishimiz mumkin edi.

Muzaffar Muzaffarov uzoq vaqt jarohatini tiklash bilan band bo‘ldi. O‘z formasini tiklashigacha uning raqobatchilari esa o‘zlarini ko‘rsatishdi. Shunday bo‘lsa-da, Muzaffarov doim bizga yordam berishga tayyor edi. Hali mavsum yakunlagani yo‘q va u yana maydonga tushishi mumkin. Muzaffarov kuchli, saviyali futbolchi va uni o‘z safida ko‘rishni istaydigan murabbiylar ko‘p deb o‘ylayman.

Shartnomam bir yilga mo‘ljallangan. Lekin mening prisipim ishonch asosida ishlash. Menga klub rahbarlari qancha imkoniyat berishsa shuncha ishlashga tayyorman. O‘zim Qo‘qonlikman va hech qanday faktor rol o‘ynamaydi. Bundan keyin ham yurakdan ishlashga tayyorman. Bu yilgi tarkibimizga yana bir nechta tajribali o‘yinchilarni qo‘shib olsak, bundan ham yuqori o‘rinlarni qo‘lga kirita olamiz.

Kubokda imkonsiz narsa yo‘qligini bir necha marta guvoh bo‘lganmiz. AGMK bilan biz kubokni qo‘lga kiritganimiz bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Kubokda ham jamoamiz ko‘p narsaga qodir. Lekin shuni ham aytish joizki, ayni damda jamoamizda katta yo‘qotishlar bor. Shuni ham inobatga olish lozim. Ammo bu bahona bo‘la olmaydi va biz kubok bahslarida ham yaxshi natijalarga erishishga harakat qilamiz", — dedi Ashurmatov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 17:54, 29.11.2020.
O'qildi: 3938 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.