Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Vladimir Andreev: «Superligada qolish o‘z qo‘limizda»

Vladimir Andreev: «Superligada qolish o‘z qo‘limizda»

Baho:
+ | -

“Metallurg” – “Surxon” (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Vladimir Andreev jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

-  O‘yin jangovor tarzda kechdi. Har ikkala jamoaning o‘z maqsad va vazifalari bor edi. Biz Superligadagi mavqeimizni saqlab qolish uchun kurashayapmiz. “Metallurg” esa musobaqa jadvalida yuqoriroqqa ko‘tarilish harakatida. Muxlislar murosasiz o‘yinning guvohi bo‘lishdi. Ko‘plab vaziyatlar yuzaga keltirildi. Biz imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. “Metallurg” esa bitta vaziyatni golga aylantirdi. Bekobodliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Oldinda yana bitta tur bor. Bugun Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoalarning barchasi mag‘lubiyatga uchradi. Barchasi o‘zimizning qo‘limizda. So‘nggi turda uyda raqibni taslim etsak, jamoani kuchlilar safida olib qolamiz.

-   Dilshod Jabborov nega maydonga tushirilmayapti?
-  Buning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Pandemiyaga chalingan barcha o‘yinchilarga oson bo‘lmadi. Buning ustiga Dilshod yoshi katta o‘yinchilarimizdan. U ham kasallikka chalindi. Keyin jarohatlar unga xalaqit berdi. Vaziyatlar taqozosi bois uning xizmatlaridan foydalana olmadik, — deydi Vladimir Andreev.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 09:01, 30.11.2020.
O'qildi: 2426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.