Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

AGMK - "Buxoro": prevyu

AGMK - "Buxoro": prevyu

Baho:
+ | -

Bronza medallarini naqd qilgan AGMK 2020 yilgi Superliganing so‘nggi turini o‘z mayonida "Buxoro"ga qarshi o‘tkazadi.

AGMK - "Buxoro" qarama-qarshiligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ushbu to‘qnashuvda o‘zaro tenglik mavjud. Jamoalar hozirga qadar o‘tkazilgan 23 uchrashuvda teng hisobda, ya’ni 9 marotabadan g‘alabaga erishishgan. Qolgan 5 bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati AGMK foydasiga: 37-27.

Birinchi davrada Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida o‘tgan o‘zaro o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.

AGMK 25ta turdan keyin 46 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda. "Buxoro" ea 25ta o‘yindan 14 ochko jamg‘arib musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

"Buxoro"ga qarshi o‘yinni boshqarish mas’uliyati Viktor Serazitdinovga topshirilgan.

Coca Cola Superliga. 26-tur
3 dekabr, payshanba
AGMK – BUXORO
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Artyom Kalinin, Shohruh A’zamov, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Aleksandr Davidenko

Eslatib o‘tamiz, AGMK - "Buxoro" uchrashuvi 3 dekabr kuni Olmaliqdagi "OKMK" stadionda o‘tkaziladi. O‘yin soat 14:00da boshlanadi va bellashuvni "Yoshlar" telekanali jonli efirda ko‘rsatadi.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 12:26, 02.12.2020.
O'qildi: 2158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик