Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Superliga. “Metallurg” – “Mash’al”. Prevyu

Superliga. “Metallurg” – “Mash’al”. Prevyu

Baho:
+ | -

2020 yilgi mavsumning so‘nggi uchrashuvini Bekobodning “Metallurg” jamoasi safarda – Muborak shahrida “Mash’al” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin ushbu jamoalarning o‘zaro 32-uchrashuvi bo‘ladi.

Ortda qolgan 31 ta bahsdan keyin kichik ustunlik “Mash’al” jamoasida tomonida. Muborakliklar 14 ta o‘yinda, bekobodliklar esa 10 ta uchrashuvda g‘olib bo‘lishgan. 7 ta o‘yin durang natija bilan tugagan. To‘plar farqi – 50:45, “Mash’al” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Mash’al” 49 ochkoni, “Metallurg” esa 37 ochkoni  qo‘lga kiritgan.

“Metallurg”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 6:0 ga teng. “Mash’al”da bu ko‘rsatkich 5:1 bo‘lib turibdi. Bu yilgi mavsumning birinchi davra uchrashuvini mazkur jamoalar neytral maydon – JAR stadionida o‘tkazishdi va unda bekobodliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Murod Bobojonov hamda Salamat Quttiboyevlarning kiritgan gollariga Humoyun Murtozoyev bitta to‘p bilan javob qaytargandi.

Muborakda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:

10.03.2017  “Mash’al” – “Metallurg” – 1:0
11.03.2016  “Mash’al” – “Metallurg” – 1:3
15.08.2015  “Mash’al” – “Metallurg” – 1:1
21.06.2014  “Mash’al” – “Metallurg” – 3:1
24.03.2012  “Mash’al” – “Metallurg” – 2:1

“Mash’al” haqida

Muborak shahrining “Mash’al” futbol klubiga 1982 yilda asos solingan. Klubning birinchi nomi “Fakel” bo‘lgan. Uy uchrashuvlarini Muborak shahridagi Bahrom Vafoyev nomidagi stadionda o‘tkazadi. Mamlakat milliy chempionatida 1995 yildan tanaffuslar bilan ishtirok etib kelayapti. Jamoa 2005 yilda eng yaxshi natijasini qayd etib, mamlakat vise-chempioni bo‘lgan. 2007 yilda esa klub bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Jamoa 2006 yili O‘zbekiston kubogining finaliga chiqqan. OFK chempionlari ligasida mamlakatimiz sharafini himoya etgan.

“Mash’al” bugungacha oliy liga musobaqalarida jami 512 ta uchrashuv o‘tkazgan: 208 ta g‘alaba, 211 ta mag‘lubiyat, 93 ta durang. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 649:691.

“Mash’al”ning chempionatlarimizdagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 6:1 (30.10.2009 – “Qizilqum”, 15.08.2014 – “Andijon”). Eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati – 0:8 (28.10.1995 – “Navbahor”).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 10:45, 03.12.2020.
O'qildi: 1397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик