Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Mirjalol Qosimov: "Bronza medali endi tarixga aylandi. Navbat O‘zbekiston kubogiga"

Mirjalol Qosimov: "Bronza medali endi tarixga aylandi. Navbat O‘zbekiston kubogiga"

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing oxirgi tur o‘yini "Buxoro"ga (3:1) qarshi g‘alabali uchrashuvdan so‘ng o‘z chempionat yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Birinchi navbatda uzoq davom etgan va murakkab o‘tgan mavsum yaxshi notada tugagani bilan barchani tabriklayman. Mavsum uchun barchaga rahmat aytaman. Jamoamiz uchun mehnat qilgan qorovuldan boshlab toki rahbariyatga qadar minnatdorchilik bildiraman. Eng muhimi, doim bizni qo‘llab-quvvatlab, kerakli pallada AGMKga dalda bo‘lgan muxlislarimizga ming rahmat aytaman. O‘tgan mavsum jamoamiz ko‘ngilgagidek ishtirok etolmaganiga qaramasdan, bizga ishongan va doim yelkadosh bo‘lgan hammaga tashakkur. Uchinchi o‘rin AGMK tarixida kichik bir yangi sahifa. Qadam va qadam ishlashdan to‘xtamaymiz va yanada o‘sishga harakat qilamiz. Pandemiya munosabati bilan joriy mavsum har doimgidanda qiyin kechdi. Jamoamiz mavsum davomida koronavirus kasalligini ham boshdan o‘tkazdi. Shunga qaramasdan tinmasdan mehnat qilgan va maydonga chiqib borini bergan futbolchilarimga rahmat aytmoqchiman. Ha, mavsum davomida o‘yinimizda pasayishlar yuzaga keldi. Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritish imkoniyati ham tug‘ilgandi, biroq ba’zi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsizliklar yakunda kumush medaliga ega chiqishimizga to‘sqinlik qildi. Raqobatchilarimizga ikkinchi davrada mag‘lubiyatga uchraganimiz qimmatga tushdi. Birinchi davrani mag‘lubiyatsiz o‘tkazganimiz ham AGMK jamoasi tarixidagi kichik bir yoqimli statistika. Bu albatta futbolchilar va menga doim yordam berib kelgan murabbiylar shtabining mehnati.

Yana bir bor barchaga minnatdorchilik bildirib, bizga ishongan rahbariyatga rahmat aytaman. Garchi chempionat tugagan bo‘lsada, mavsum hali jamoamiz uchun yakunlangani yo‘q. Hayot davom etadi. Chunki bizni seshanba kuni O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi muhim bahs kutmoqda. O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish vazifasini hech kim bekor qilgani yo‘q. Bronza medali bu endi tarix. Biz hali yana ishlashda davom etamiz. Qisqa vaqt ichida konsentrasiyani O‘zbekiston kubogiga qaratamiz. 20 dekabr kuni O‘zbekiston kubogi finali Namanganda o‘tadi. Maqsad o‘sha kuni Namanganda bosh sovrin uchun kurashda ishtirok etish.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 20:20, 03.12.2020.
O'qildi: 2321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.