Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Shota Arveladze — O‘zbekiston chempionatida ikkinchi bor g‘olib bo‘lgan ikkinchi xorijlik murabbiy

Shota Arveladze — O‘zbekiston chempionatida ikkinchi bor g‘olib bo‘lgan ikkinchi xorijlik murabbiy

Baho:
+ | -

Gruziyalik mutaxassis Shota Arveladze "Paxtakor"ni ketma-ket ikkinchi marta va tarixda 13-bor mamlakatimiz chempioniga aylantirdi.

Shu paytga qadar O‘zbekiston chempionatida 7 nafar xorijlik murabbiy g‘olib chiqqan. Vega da Silva (Braziliya, "Paxtakor"), Leonid Ostroushko (Qozog‘iston, "Do‘stlik"), Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston, "Paxtakor"), Ziko (Braziliya, "Bunyodkor"), Luish Felipe Skolari (Braziliya, "Bunyodkor"), Andrey Fyodorov (Rossiya, "Lokomotiv") hozirgacha chet ellik mutaxassislar orasida chempionga aylangan. Arveladze esa "Paxtakor"da Vega da Silva va Tachmurod Agamurodovdan keyin oltin medalga ega chiqqan uchinchi xorijlik mutaxassis sanaladi. Shuningdek, u ikki bor chempion bo‘lgan Agamurodovga tenglashib oldi.

Yakuniga yetgan mavsumdan keyin Shota Arveladze O‘zbekiston chempionatidagi o‘yinlar soni bo‘yicha "Paxtakor" bosh murabbiylari ro‘yxatida ikkinchi pog‘onadan joy olib turibdi. Yana yetti o‘yinda jamoamizni Superligada maydonga boshlab tushgan taqdirda u Ravshan Haydarovning rekordidan o‘zib ketadi. Arveladze boshchilik qilgan Superligadagi 98 o‘yinda "Paxtakor" 73 g‘alaba, 14 durang va 11 mag‘lubiyatni qayd etgan. Bu bahslarda jamoamiz 79 foiz ochkolarga ega chiqqan. Raqib darvozasiga 237 to‘p kiritilib (bir o‘yinda o‘rtacha 2,41tadan), 70 gol o‘tkazib yuborilgan.

"Paxtakor"ni O‘zbekiston chempionatida eng ko‘p o‘yinlarda boshqargan murabbiylar

1. Ravshan Haydarov - 104
3. Shota Arveladze (Gruziya) - 98
3. Viktor Jalilov - 93
4. Aleksandr Ivankov - 73
5. Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston) - 64

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:35, 04.12.2020.
O'qildi: 3071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик