Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Hali beri hech kim yangilay olmaydigan rekordlar

Hali beri hech kim yangilay olmaydigan rekordlar

Baho:
+2 | -

Stadion.uz Ronaldu va Messi o‘rnatgan rekordlardan zerikib ketganlar uchun boshqa futbolchilar tomonidan o‘rnatilgan o‘zgacha rekordlar borasida fikr almashadi.

5 ta o‘yinda 16 ta gol

Yaponiyalik futbolchi Nakayami Masasi futbol maydonida ko‘rsatgan «mo‘’jizasi» sababli Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin egallagan. E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz 1998 yilning 15 aprel sanasida o‘zining gollar yomg‘irini boshlaydi. u 29 aprelga qadar bo‘lgan o‘tgan 4 ta tur o‘yinida naqd 16 ta gol kiritadi. Bu Yaponiyaning «J Ligasi»da sodir bo‘ldi. Avvaliga qahramonimiz ketma-ket 4 ta o‘yinda xet-trik qayd etgan bo‘lsa, 5-o‘yinga kelib o‘z hisobiga pokerni rasmiylashtirdi.

Yaponiyadagi eng mashhur futbolchilaridan biri sanalgan Masasi xalqaro maydonda ham eng tez xet-trik qayd etgan futbolchi sanaladi. U Qit’a birinchiligi uchun bo‘lib o‘tgan saralash uchrashuvida 3 ta gol kiritish uchun atigi 3 daqiqayu 3 soniyani sarf etgan. Aytishlariga qaraganda, Angliya terma jamoasi hujumchisi Jordan Uilyams o‘rnatgan eng tezkor xet-trikni inson bolasi qaytara olmas ekan. Ingliz nashrlarining yozishicha, Uilyams Shimoliy Irlandiyaga qarshi uchrashuvda uchta gol kiritish uchun 27 soniya sarflagan emush. Bunga ishonish mushkul, shunday bo‘lsada ingliz nashrlari bu ish sodir bo‘lganiga 100 foiz ishonishadi.

Eng ko‘p qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yin

Ushbu fantastik o‘yin Argentina chempionatining 5-divizionida bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvda «Klayole» klubi "Viktoriano Arenas"ni qabul qiladi. O‘yi shu darajada qo‘pol o‘tdiki, hatto hakam naqd 36 ta qizil kartochka ko‘rsatishga majbur bo‘ldi. Hatto zaxira futbolchilari ham o‘z nasibalarini olishdi. Ushbu voqea bir o‘yinda eng ko‘p qizil kartochka ko‘rsatilgani bilan rekord o‘rnatdi. Ayni damda, bu rekordni qaytarishning deyarli imkoni yo‘q.

Eng tez xet-trik

E’tiborlisi shundaki, Yevropaning quyi ligalarida xet-trik qayd etish u qadar qiyin emas. Ayniqsa, dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan havaskorlar ligasida bu ish ko‘p takrorlanadi. Misol uchun Aleks Torr bu ishni 70 soniyada amalga oshirgan. Shunday bo‘lsada, bu uchrashuvlarni rasmiy deb tan olish mushkul. APL da esa, yaqin tarixda rekord o‘rnatildi. Sadio Mane «Sautgempton» safida «tumanli albion»dagi eng tezkor xet-trikni amalga oshirdi. Senegallik futbolchi "Aston Villa" darvozasiga 3 ta gol kiritish uchun atigi 2 daqiqayu 56 soniya sarf etdi xolos. Mana buni natija desa bo‘ladi. Ayniqsa, bu gollar «Liverpul»ga qadar kiritilganini inobatga olsak, buning qadri yanada oshadi.

To‘purar darvozabon

Rojerio Seni o‘z zamonasining eng kuchli darvozabonlaridan biri sanalmagan bo‘lishi mumkin, ammo u amalga oshirgan ishni uncha-buncha darvozabon uddalay olmaydi.

Braziliya terma jamoasi a’zosi o‘z faoliyati davomida naqd 131 ta gol kiritishni uddalagan. Bu o‘zining maydondagi erkin harakatlari bilan barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Chilavertnikidan 64 ta ko‘proq gol kiritganidan dalolat. Qahramonimiz 25 yil davomida «San Paulo» jamoasi sharafini himoya qilgan bo‘lib, shu yillar mobaynida ichki birinchilikdagi barcha sovrinlarni boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan.

JCHning final qismidagi ishtirok

Bugungi kunda terma jamoalar uchun Jahon birinchiliklarida ishtirok etish tobora qiyinlashib bormoqda. Terma jamoalar o‘rtasidagi raqobat sababli deyarli barcha jamoalar so‘nggi bosqichga chiqish uchun kurash olib borishmoqda. Shunday bo‘lsada, faqat birgina terma jamoa ulkan musobaqada muntazam ishtirok etib kelmoqda. Sezganingizdek gap Braziliya terma jamoasi haqida bormoqda. E’tiborlisi shundaki, Braziliya naqd 20 ta mundialda ishtirok etgan. Bu natija hozircha Braziliya terma jamoasiga tegishli. Ular har safar mundial chiptalarini qo‘lga kiritishlari bilan o‘z rekordlarini yaxshilab borishmoqda. Ulardan keyingi o‘rinda Germaniya va Italiya termalari ketishmoqda. Ushbu mamlakat futbolchilari 18 martadan turnirda ishtirok etishgan.

3. Archi Tompson - Bir o‘yinda eng ko‘p gol kiritgan futbolchi

Avstraliya terma jamoasi futbolchisi Archi Tompson 2002 yilda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan JCH saralash o‘yinlarida o‘ziga hos rekord o‘rnatgan edi. Qahramonimiz Amerikaning Samoa davlati darvozasini 90 daqiqa ichida naqd 13 bor ishg‘ol qilishni uddalagan edi. Bu rekordni yangilashning deyarli imkoni yo‘q. Uchrashuv umumiy hisobda qanday ko‘rinish olganini bilmoqchi bo‘lsangiz, albatta videoni tomosha qiling. 

2. «Real Madrid» rekordchi!

Madridning «Real» jamoasi xalqaro maydonda g‘alaba qozonish borasida mutlaq yetakchi ekanligidan xabaringiz bor. E’tiborlisi shundaki, ushbu klub sovrinlarni ketma-ket qo‘lga kiritish bobida ham chinakam omadli klub.

Uzoq o‘tmishga nazar solamiz. 1955 yildan 1960 yilga qadar «qirollik klubi» musobaqada ketma-ket 5 bor chempionlikni qo‘lga kiritgan. Finalda bir-biridan kuchli raqiblar bilan to‘qnash kelgan bo‘lsada, jamoa sovrinni hech kimga berib qo‘ymagan.

Keyinroq bu tryuni Zidan biroz boshqacharoq amalga oshirdi. Yevropa Chempionlar kubogi o‘zgartirilgach, YECHL musobaqasi nomi bilan start oladi. Madrid super klubi 90 yillar oxirida va yangi asr boshida shoxsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, oradan bir necha yil o‘tib qatorisiga 3 marotaba bosh sovrinni o‘ziniki qilib oldi. Zidan shogirdlari finallarda "Atletiko Madrid«, »Liverpul« va »Yuventus" singari grandlarni mag‘lub etdi va deyarli imkonsiz ishni amalga oshirdi. Tobora o‘sib borayotgan Yevropa futbolida bu ishni amalga oshirish juda mushkul.

1. Li Todd - Eng tez qizil kartochka olgan futbolchi

Futbolda qizil kartochka juda muhim rol ijro etadi. Ayniqsa, uchrashuvning ilk daqiqalaridan olingan qizil kartochka raqiblar uchun o‘yinni g‘alaba bilan yakunlash uchun qulay imkoniyat degani. «Kross Farm» jamoasi hujumchisi Li Todd bu ishni shu qadar tez amalga oshirdiki, hatto jamoalar to‘pga ikki bor teginishga ham ulgurmay qolishdi. Hakam uchrashuvga start beruvchi hushtagini baland ovozda chalgani uchun Seltik Li Todd o‘z noroziligini juda xunuk tarzda oshkor etadi. Uchrashuvni boshqarib borayotgan hakam esa, buni payqab qoladi va darrov qizil kartochka namoyish etadi. Bu payda, o‘yin boshlanganiga endigina 2 soniya bo‘lgan edi xolos! Bunaqasini boshqa takrorlashning imkoni yo‘q. Shunday ekan, Li Todd ham katta ehtimol bilan futbol tarixida kamida 50 yil qoladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:23, 07.12.2020.
O'qildi: 8872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.