Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

O‘zbekiston kubogi. «Qo‘qon-1912» osonlik bilan chorak finalga chiqdi

O‘zbekiston kubogi. «Qo‘qon-1912» osonlik bilan chorak finalga chiqdi

Baho:
+1 | -

Bir necha daqiqa oldin Qo‘qondagi "Markaziy" o‘yingohida Coca Cola O‘zbekiston kubogi 1/8 final doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Surxon" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvnining birinchi bo‘limida mezbonlar katta ustunlikka ega bo‘lishlariga qaramay, raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Mehmonlarning "avtobus" himoyasini yorib o‘tib, zarba berish futbolchilarimizga qiyinchilik tug‘dirdi. Tanaffusga nursiz durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham qo‘qonliklarning hujumlari bilan boshlandi. Bo‘lim boshida uzoq tanaffusdan keyin Shohnazar Norbekov maydonga tushdi.

49-daqiqada Rustamov hamda Norbekovlar ishtirokida chiroyli kombinasiyaning guvohiga aylandik. "Qo‘qon-1912" 57-daqiqada futbolchilarimiz hisobni ochdi. Chap qanotdan Muhammadanas Hasanov darvozabon maydonchasiga juda yaxshi uzatmani amalga oshirdi. Norbekov esa to‘pga biroz tegib yo‘nalishni darvoza tomon o‘zgartirib qo‘ydi. Sardor Azimov esa uzoq burchakda hujumni yakunlab, raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

64-daqiqada Shohnazar Norbekov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Norbekov qaytishini gol bilan qarshi oldi. 69-daqiqada hisob yiriklashdi. Sobit Sindarov qulay imkoniyatdan  samarali foydalandi.

Goldan keyin Ashurmatov shogirdlari tinimsiz hujumlar tashkil etishdi va 87-daqiqada futbolchilarimiz to‘rtinchi golni kiritishdi. Avazxon Mamatxo‘jayevning uzatmasidan so‘ng Akbarov boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, «Qo‘qon-1912» O‘zbekiston kubogi chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Coca Cola kubogi. 1/8 final
“Qo‘qon-1912” – “Surxon” – 4:0 (0:0)
Hakamlar: G‘ayrat Jo‘rayev, Ruslan Serazitdinov, Oybek Kallaxo‘jayev, Doston Mirzaraimov.
Nazoratchi: Timur Abdullayev.
Komissar: Zohid Akramov.
Gollar: Sardor Azimov (57), Shohnazar Norbekov (63), Sobit Sindarov (68), Bobur Akbarov (87).
“Qo‘qon-1912”: 1. Botirali Ergashev, 4. Sobit Sindarov, 5. Jasur Yoqubov, 10. Quvondiq Ro‘ziyev (15. Oybek Rustamov -46), 13. Sardor Azimov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 20. Iqbol Malikjonov (3. Bobur Akbarov-82), 22. Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov (37. Muxsin Normatov -71), 70. Murod Xolmuhammedov (39. Sardor Yetovqo‘ziyev – 71), 99. Bek Abdullayev (7. Shohnazar Norbekov – 46).
“Surxon”: 86. Davron Merganov, 6. Rahmatullo Berdimkrodov (24. Otabek Mustafoqulov – 73), 7. Nizom Norov, 13. Dilshod Rashidov, 14. Farhod Mamatqulov, 28. Behruz Qulmatov (22. Sanjar Ahmedov – 46), 29. Muhammad Nomozov, 60. O‘ral Choriyev, 70. Ibrohim Yo‘ldoshev, 71. Shahzod Tairov, 88. Asadbek Hamzayev.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 14:52, 08.12.2020.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.