Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘zbekiston Kubogi. AGMK "Lokomotiv"ga imkoniyat qoldirmadi

O‘zbekiston Kubogi. AGMK "Lokomotiv"ga imkoniyat qoldirmadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi nimchorak final doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi bahsda g‘alabani tantana qilgan AGMK chorak finalga yo‘llanma oldi.

Toshkentda kechgan bahsda jamoamiz to‘liq tashabbus bilan harakat qildi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq hujumga otlangan AGMK qator vaziyatlar yaratdi. Bellashuvning 22-daqiqasida Mate Vatsadze hujumni unumli yakunlab, bahsda hisobni ochdi. Tanaffusga qadar bir nechta xavfli vaziyatlar yaratildi. "Lokomotiv" himoyasi va darvozabon hujumlarimizni bartaraf etdi. Ikkinchi taym ham jamoamiz hujumlari bilan boshlandi. O‘yinning 60-daqiqasida burchak zarbasini amalga oshirgan jamoamiz raqib darvozasini ishg‘ol etdi. G‘ofurovning uzatmasidan so‘ng Sardor Rahmonov bosh bilan gol urdi. Oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas Bahrom Abdurahimov raqib mudofasiga bosim uyushtirib, to‘pni olib qo‘ydi va darvozabonni dog‘da qoldirdi. Shu tariqa AGMK Toshkentda "Lokomotiv" ustidan yirik g‘alabani tantana qilib, O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga chiqdi.
Mazkur o‘yin AGMK uchun O‘zbekiston Kubogi doirasidagi 45-bahs bo‘ldi va 18-g‘alabani tantana qildi. Jamoamiz qatorasiga uchinchi yil O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.

8 dekabr, seshanba

"Lokomotiv" — AGMK 0:3

Gollar: Vatsadze (22), Rahmonov (60), Abdurahimov (64).

Toshkent shahri, "Lokomotiv" o‘yingohi.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev, Sardor Nishonboyev, Avaz Abdullayev, Ahmadjon Ergashev

«Lokomotiv» (4-3-3) — 35.Javohir Ilyosov - 28.SHuhrat Muhammadiyev, 80.Farruh Ibrohimov, 52.Jaloliddin Jumaboyev, 37.SHerzod Fayziyev (Abdumo‘minov, 73) - 7.Kaxi Maxaradze, 8.Vadim Afonin (Alijonov, 62), 20.G‘ulomhaydar Gulyamov - 77.Diyor Turopov, 10.Marat Bikmayev (Pogrebnyak, 62), 14.Aziz Amonov (O‘lmasaliyev, 73)

Zaxira: 14. Rustam Nartadjiyev, 4.SHahzod Shaymanov, 17.Saveliy Abramov, 26.Dilshod Komilov, 70.SHohjahon Qilichev.

AGMK (4-3-3) — 35.Valijon Rahimov - 2.Akmal Shorahmedov, 44.Bobur Yo‘ldoshev (Umarov, 81), 3.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (Qosimov, 74), 18.Bahrom Abdurahimov (Jo‘rayev, 86) - 94.Husniddin G‘ofurov (Amanov, 81), 21.Mate Vatsadze (Polvonov, 74), 7.Elguja Grigalashvili.

Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 10.SHahzod Nurmatov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 31.Saydullo Rahmatov.

Ogohlantirishlar: Javohir Ilyosov (30), G‘ulomhaydar Gulyamov (72) - Bobur Yo‘ldoshev (78).

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

 

Kiritildi: 17:40, 08.12.2020.
O'qildi: 1584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик