Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Baxtiyor Ashurmatov: "Yaxshi o‘tkazilgan mavsum uchun futbolchilarimga rahmat aytaman"

Baxtiyor Ashurmatov: "Yaxshi o‘tkazilgan mavsum uchun futbolchilarimga rahmat aytaman"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola Kubogi yarim final doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

- Bugun mavsumdagi oxirgi o‘yin bo‘ldi. Mavsumni yuqori saviyada o‘tkazganlari uchun futbolchilarimga , bizga yaxshi sharoitlarni yaratib bergan jamoamiz rahbariyatiga hamda butun mavsum davomida bizni qo‘llab-quvvatlab kelgan qadrdon muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Bu mavsum shuni ko‘rsatdiki, bizda umid va ishonch bor. Asosiysi muxlislarimizda bizga nisbatan ishonch paydo bo‘ldi. O‘ylaymanki kelgusi mavusmda jamoamiz yanada kuchli bo‘ladi. Yigitlarimizga qilgan mehnatlari uchun yana bir bor rahmat aytaman.

O‘yinga keladigan bo‘lsak, "Paxtakor" kuchli jamoa , ular haqqoniy g‘alabaga erishishdi. Lekin natija o‘yinga mos bo‘lmadi. Futbolchilarimiz 0-3 hisobidagi mag‘lubiyatga loyiq emas edilar. Futbolchilarimizga bugungi bahsda ham borlarini berib o‘ynashdi. Ularga xech qanday e’tirozim yo‘q. Raqib safida yaxshi ijrochilar yig‘ilganligi, zahiradan maydonga tushgan futbolchilari ham o‘yinni kuchaytira olishgani yakunda o‘z so‘zini aytdi. Bugungi bahs oldidan tarkibimizdagi yo‘qotishlar ham o‘yinimizga ta’sir qildi. Zaxiramizda o‘yinni kuchaytirita oladigan futbolchilar qolmaganini ham ta’kidlash joiz. Muxlislar xujumni kuchaytirishni talab qilishdi. Norbekovni tushirdik, afsuski Shohnazar hali o‘yinga tayyor emas edi. Shunday bo‘lsa ham futbolchilarim maydonda oxirigacha kurashishdi, borlarini berishdi. Buni o‘yin tugagach muxlislarimiz bizni olqishlar bilan kuzatib qo‘yganligidan ham bilsak bo‘ladi.Endi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

Legionerlarimiz 11 oy davomida uylariga borishmagandi. Bilasizlar, Yosovich jarohat olgandi. Baribir u qolgan bahslarda maydonga tusha olmasdi. Shuni ham inobatga olgan holda legionerlarga ruxsat berdik. Ivan yangi mavsumda ham jamoamiz safida o‘ynashi mumkin.
Yil davomida mehnat qilgan murabbiylar shtabiga, shifokorlarimizga va klubdagi barcha xodimlarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘taman. Natijalarda barchalararining hissalari katta bo‘ldi.

Kiritildi: 16:06, 16.12.2020.
O'qildi: 2473 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.