Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Yengilmas bokschilarimiz haqida film suratga olinadi

Yengilmas bokschilarimiz haqida film suratga olinadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbek bokschilarining olamshumul muvaffaqiyatlari, yutuqlari haqida ko‘p gapirdik, she’rlar bitdik, suratlar chizdik. Endi qahramonlarimiz haqida motivasion filmlar suratga olish navbati keldi. Ayni paytda “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlarida qahramonlik ko‘rsatgan bokschilarimiz haqida “Engilmas” (ishchi nomi) nomli kinofilmini tasvirga olish ustida ish olib borilmoqda. Filmning ssenariy va syujetlarini boyitish, tajribali mutaxassislarning fikrini o‘rganish maqsadida hozirda Rossiyada faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz, rejissyor va prodyuser Jahongir (Djanik) Fayziyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. MOQda o‘tkazilgan ushbu tadbirda Qo‘mita raisi Rustam Shoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov, “O‘zbekkino” MA direktori Firdavs Abduxalikov, Rossiyaning «KIT» kinostudiyasi bosh direktori, rejissyor va prodyuser Jahongir Fayziyev hamda bo‘lajak kino ustida ish olib borayotgan ijodkorlar ishtirok etishdi.

Sizni yurtimizda yana bir bor ko‘rib turganimizdan mamnunmiz. Sizning aktyorlik paytdagi rollaringizni juda yaxshi eslaymiz. Qolaversa, hamyurtimizning xorijda madaniy-ma’rifiy sohalarda ulkan yutuqlarga erishayotgani bizga g‘urur bag‘ishlaydi. Muhtaram yurtboshimiz boshchiligida olib borilayotgan sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini hamkorlikda davom ettirish biz uchun sharaf. Yaqinda efirga uzatilishi kutilayotgan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialidan so‘ng sportga oid yuqori saviyadagi filmni xalqimizga taqdim qilish ayni muddao bo‘lar edi”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

O‘z navbatida Jahongir Fayziyev ham bu boradagi fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Har ikkimizning maqsadimiz bir. Siz insonda sog‘lom tana, biz esa sog‘lom ruh bo‘lishini istaymiz. Hozir butun dunyoda sport sohasidagi filmlarni suratga olish urfga kirib bormoqda. Boisi bunday targ‘ibot o‘zining samarasini berib kelmoqda. Bizning har sohada boy tariximiz bor. Yoshlik paytimizda ham Rufat Risqiyevning g‘alabalarini yaxshi eslaymiz. Hozir ham o‘zbek bokschilarining dovrug‘i dunyoga mashhur. Endi buni xalqimiz uchun yetkazib berishimiz lozim”, – dedi Jahongir Fayziyev.

Suhbat davomida Firdavs Abduxalikov va boshqa mutasaddilar bo‘lajak kino haqida o‘z fikr va takliflarini aytib o‘tishdi. Yakunda tomonlar o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishib, tez orada bu boradagi navbatdagi qadamni tashlashga kelishib olishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:34, 18.12.2020.
O'qildi: 3541 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.