Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl - Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli - Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

O‘zbekistonlik tennischi 7 yilga diskvalifikasiya qilindi

O‘zbekistonlik tennischi 7 yilga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

Tennisdagi salbiy holatlarga qarshi kurash bo‘yicha tashkilot (TIU) o‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilovni 7 yilga tennisdan chetlatdi.

25 yoshli sportchi uch marta — 2014, 2015 va 2019 yillarda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganini tan oldi.

Ismoilovga 18 dekabr sanasidan boshlab yetti yil davomida har qanday tennis musobaqalariga tashrif buyurish taqiqlanadi. Ulardan ikki yili shartli hisoblanadi. Bundan tashqari, sportchi 12 ming dollar miqdorida jarima to‘laydi. Jarima o‘z vaqtida to‘lanmasa, diskvalifikasiya muddati cho‘zilishi mumkin.

Temur Ismoilov faoliyati davomida Professional tennischilar assosiasiyasi (ATP) reytingida eng yuqori o‘rni 756-pog‘ona bo‘lgan.

Kiritildi: 18:02, 23.12.2020.
O'qildi: 4396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.