Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan barcha nemis futbolchilari

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan barcha nemis futbolchilari

Baho:
+ | -

Stadion.uz «oltin to‘p» sovrini futbolchilar uchun eng katta shaxsiy sovrin sanaladi desak, adashmagan bo‘lamiz. Germaniya terma jamoasi dunyo futbolidagi katta yutuqlarga erishgan bo‘lsada, ushbu jamoa futbolchilaridan atigi 5 tasi «oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilgan. Xo‘sh ular kim? Bugun shu savolga javob olishimiz mumkin.

Gerd Myuller - 1970 yil

Kuchli beshlikni «Bavariya» va Germaniya futboli afsonasi ochib beradi. Myunhen klubi tarixida eng ko‘p gol kiritgan hujumchini bejizga «xalq to‘purari» deb atashmagan. E’tiborlisi shundaki, Myuller 1970 yilda «Bavariya» tarkibida 38 ta gol kiritadi va «oltin butsa»ni ham o‘ziniki qilib oladi. Boz ustiga, o‘sha yili Gerd Meksikada bo‘lgan JCHda ishtirok etadi va turnir davomida 10 ta gol kiritadi. FRG bronza medal olgan bo‘lsada, butun dunyo Myuller singari super hujumchi bor ekanligidan xabar topgan.

Frans Bekkenbauer - 1972-1976

Himoyachi bo‘lishiga qaramay, Frans butun dunyodagi futbol muxlislarining e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘lgan. Oriqqina bo‘lishiga qaramay, Bekkenbauer yakka kurashlarda istalgan futbolchini zararsizlantirishga qodir edi. Aynan u sababli dunyo futbolida himoyachilar tutgan o‘rni o‘zgarib ketgan desak, adashmagan bo‘lamiz. E’tiborlisi shundaki, 1966 yilda u JCHning eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘ladi. 1972 yilda esa, u sardorligidagi FRG Yevropa chempionligini qo‘lga kiritadi. Frans esa, o‘z faoliyatidagi ilk «oltin to‘p»ga ega chiqadi. 1076 yilda esa, u sardorligidagi «Bavariya» Yevropa chempionlar kubogini boshi uzra ko‘taradi. Shu omil sababli Fransning «oltin to‘p»lari soni ikkitaga yetadi.

Karl-Hans Rummenigge - 1980-1981

Rummenigge Myuller singari super hujumchi bo‘lmagan bo‘lishi mumkin, biroq u «oltin to‘p»ni naqd ikki marotaba qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. U ham boshqa nemis futbolchilari singari asosiy yutuqlariga «Bavariya» safida erishgan. 1980 yilda FRG tarkibida qahramonimiz Yevropa chempionligini qo‘lga kiritadi. U musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘libgina qolmay, chinakam yetakchilik namoyish etadi. «Oltin to‘p» o‘z-o‘zidan unga topshiriladi. Kelasi mavsumda esa, Karl-Hans klublar doirasidagi barcha sovrinlarda g‘alaba qozonadi va shaxsiy sovrinlari sonini ikkitaga yetkazib qo‘yadi.

Lotar Matteus - 1990 yil

Lotar faoliyati davomida tayanch yarim himoyachisidan himoyachiga aylana olgan eng kuchli futbolchilardan biri edi. 1990 yilda bo‘lib o‘tgan mundialda Matteus eng yaxshilardan biri ekanligini isbotlab qo‘yadi. Argentinaga qarshi JCH final uchrashuvi oldida murabbiylar unga Maradonani qo‘riqlash vazifasini yuklatiladi. Finalda Germaniya g‘alaba qozonadi. Maradona esa, o‘sha oqshom tushida ham Matteusni ko‘rib chiqqan bo‘lishi mumkin. JCHdan so‘ng, Lotar «Inter»ga yo‘l oldi va Milanda bir nechta katta sovrinlarga ega chiqdi.

Mattias Zammer 1996 yil

Zammer ham Matteus singari asosan himoyaga javob beruvchi futbolchilar sirasiga kiradi. U «Borussiya Dortmund» safida ham aynan markaziy himoyaga javob beruvchi futbolchilardan biri edi. Himoyachi ham boshqa vatandoshlari singari Yevropa chempionatidagi ishonchli o‘yinlari sababli sovringa loyiq topilgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Boz ustiga, 1996 yilda Zammer «Borussiya Dortmund» bilan Germaniya super kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘ladi. Hal qiluvchi so‘rovnomada Zammer Braziliyalik Ronaldoni atigi bitta ovozga ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ladi. Ushbu sovrin borasida hali-hamon turli bahslar yuradi, biroq fakt faktligicha qolaveradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:03, 29.12.2020.
O'qildi: 3341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.