Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Tevesdan Beylgacha. Futbolni yoqtirmaydigan taniqli o‘yinchilar haqida

Tevesdan Beylgacha. Futbolni yoqtirmaydigan taniqli o‘yinchilar haqida

Baho:
+ | -

Futbol olamida Krishtianu Ronaldu kabi hayoti futbol va mashg‘ulotlardan iborat bo‘lgan ko‘plab insonlar mavjud. Biroq millionlar o‘yinida shunday toifadagilar ham borki, ular uchun futbol ish va daromad manbayidan bo‘lak hech narsa emas. Bu kabi o‘yinchilarning ba’zilari esa hatto futbolni yoqtirmasligini ochiqchasiga aytgan. Quyida aynan futbolni yoqtirmaydigan va unga shunchaki ish sifatida qaraydigan, ammo shu orqali yaxshigina tanilgan o‘yinchilar haqida fikr yuritamiz.

Karlos Teves



Ro‘yxatni Argentina futboli tarixidagi eng iqtidorli futbolchilardan biri Karlos Teves ochib beradi. Faoliyati davomida «Vest Hem», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Yuventus» kabi mashhur klublarda o‘ynagan, hozirda esa «Boka Xuniors» (Argentina) sharafini himoya qilayotgan Teves 24 yoshida «Manchester Yunayted»da o‘ynagan kezlari shunday degandi:

«Men futbolchilik faoliyatimni 28 yoshda yakunlamoqchiman, bu juda zo‘r bo‘lardi. Ko‘p qolishni istamayman».

Ammo hammasi boshqacha tus oldi: u 31 yoshida ham futbol o‘ynardi va Xitoy klubi bilan yiliga 40 million yevro maoshli shartnoma imzoladi. Shu tariqa Teves Xitoyda o‘zi yoqtirmagan ish bilan shug‘ullanishga «majbur» bo‘ldi.

Dani Alves



Futbol tarixidagi eng sovrindor (40 ta sovrin) o‘yinchi, o‘zining «Barselona» safidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratgandi. Biroq hozirda «San Paulu»da faoliyat yuritayotgan Alves ham qit’adoshi Teves singari futbolni unchalik yoqtirmagan. Aytishlaricha, u uchun musiqa va moda birinchi o‘rinda turadi. Bu borada Alvesning o‘zi shunday degandi:

«Men futbolni o‘rab turgan narsalardan nafratlanaman. Futbol olamida mavjudman, lekin unga tegishli emasman».

Mauro Ikardi 


Professional faoliyatini «Barselona»da boshlagan iste’dodli, ammo biroz og‘irroq xarakterga ega bo‘lgan PSJning 27 yoshli argentinalik futbolchisi Ikardining futbolga bo‘lgan munosabati kishini ajablantirmasdan qo‘ymaydi. Bunga uning futbol haqida aytgan quyidagi gaplari yaqqol misol bo‘la oladi:

«Men futbol haqida hech narsa bilmayman, shunchaki o‘ynayman, bori shu. A Seriya («Inter» safida to‘p surgan vaqtida gapirgan) o‘yinlari natijalariga esa qaramayman ham».

«Men bolaligimda «Kamp Nou» yaqinida yashaganman. Ammo stadionga borib futbol ko‘rish o‘rniga, kun bo‘yi filmlar tomosha qilardim».

«Men kabi futbolga befarq bo‘lgan birorta professional futbolchini tanimayman».

Ma’lumotlarga ko‘ra Mauroning ota-onasi farzandining futbolga bo‘lgan qobiliyatini payqab qoladi va kelajakda bundan yaxshi pul topish mumkinligini hisobga olib, uni ushbu sport turiga beradi. Ko‘rib turganingizdek, Mauro buni amalga oshira oldi va Yevropaning eng nomdor klublari safida to‘p tepdi.

Mario Balotelli



Faoliyati endi boshlanganida Mario o‘z avlodining eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblanardi. Mutaxassislar uni ajoyib kelajak kutayotgani haqida gapirardi. Biroq Mario o‘zining bir qancha xurmacha va xunuk xatti-harakatlari bilan hammasini barbod qilib qo‘ydi. Bunga qaysidir ma’noda unda futbolga bo‘lgan muhabbatning yo‘qligi ham ta’sir qilgan, albatta. Xususan, intervyularining birida Balotelli futbol u uchun oddiy ish ekanligini va shu bois urgan gollarni nishonlamasligini aytgandi.

«Men hech qachon gollarimni nishonlamayman, chunki bu mening ishim. Misol uchun, pochtachi har bir muvaffaqiyatli topshirilgan xatni nishonlamaydi-ku?»

So‘nggi yillarda esa Balotelli hech bir klubda uzoq vaqt qololmadi. Uning rezyumesida «Milan», «Inter», «Liverpul», «Nissa», «Marsel» va «Manchester Siti» kabi jamoalar mavjud. Hozir esa B Seriyada to‘p tepmoqda.

Garet Beyl



Beyl hech qachon futbolni yoqtirmasligini ochiqchasiga tan olmagan bo‘lsa-da, bunga yetarlicha dalillar to‘plangan. Shuning bilan birga «Tottenhem» futbolchisi bilan suhbatda bo‘lgan jurnalistlar ham buni ko‘p marotaba tasdiqlagan — uelslik golfni futboldan-da yaxshi ko‘radi. U katta to‘p ortidan yugurib tirikchilik qilsa, kichkinasini tayoq bilan urishdan zavq oladi. Beylning bunday munosabati uning samaradorligiga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmagan. Boisi u «Real»da o‘ynagan kezlari bir necha bor mashg‘ulot va o‘yinlarni aynan yuqoridagi qiziqishlari sabab o‘tkazib yuborgan.

Bundan tashqari kichik jarohatlarning ham Beylning golfga bo‘lgan ishtiyoqini yanada kuchaytiradi degan nazariya mavjud.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:30, 01.01.2021.
O'qildi: 3330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.