Londonning «Tottenhem» klubi kecha Angliya Liga kubogi yarim finali doirasida «Brentford»ni taslim etganidan xabaringiz bor (2:0).
Uchrashuv oxirlab borayotgan pallalarda mezbonlar a’zosi Pyer-Emil Xyoybyerg raqib o‘yinchisi bilan to‘qnashuvda oyog‘idan jiddiy jarohat oldi. Voqeadan so‘ng uchrashuv bosh hakami raqib futbolchisini maydondan chetlatdi.
Xyoybyerg shifokorlar ko‘magidan so‘ng o‘yinga qaytmoqchi bo‘lgandi, lekin Mourinyo bunga imkon bermadi. Jarohatning qanchalik jiddiy ekani hozircha ma’lum emas.
Ma’lumot uchun «Tottenhem» finalda Manchester klublari g‘olibi bilan o‘ynaydi.