Kecha Italiya A Seriyasi 16-turi doirasida «Milan» o‘z maydonida «Yuventus»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yganidan xabaringiz bor.
Ushbu mag‘lubiyat orqali «rossonerilar» o‘zlarining naq 27 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyalarini buzib qo‘yishdi. Bundan avval klub o‘tgan yilning 8 mart sanasida «Jenoa»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Shundan keyin milanliklar ichki chempionatda 20 g‘alaba hamda 7 durang qayd etishdi.
Garchi ushbu turda mag‘lubiyatga uchrashganiga qaramay Pioli shogirdlari «Inter»ning ham qoqilishi natijasida hamon turnir jadvalini boshqarib turishibdi.