Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Sport24: «Shoma «Yuventus»da?! Rostanmi?

Sport24: «Shoma «Yuventus»da?! Rostanmi?

Baho:
+3 | -

Rossiyaning taniqli sport nashrlaridan biri sanalgan Sport24 hamyurtimizning Italiyadagi faoliyati borasida qiziqarli maqola e’lon qildi. Unda, Eldorning «Yuventus»ga o‘tishi va «Jenoa»dagi faoliyati haqida batafsil fikr bildirilgan.

Eldorning yangi jamoasida ishlar pachava. Noyabr oyidan boshlab «Jenoa» xavfli zonani tark etgani yo‘q. So‘ngi 15 ta uchrashuvda klub atigi bir bor g‘alaba qozondi xolos. O‘zbekistonlik hujumchining ishlari esa, ancha yaxshiroq ketmoqda. Italiyaing «Tuttosport» nashri bergan xabarlarga qaraganda, forvard bilan «Yuventus» klubi qiziqib qolgan. Ushbu nashr, o‘z jurnallarning muqovasida aynan Eldorning suratini namoyish etgach, voqeaga bo‘lgan qiziqish ortib ketdi.

Shomurodov shu qadar kuchlimi? 3 oyda grandlar e’tiboriga tushsa?

Bu savolga ikki xil javob berish mumkin. Ha va yo‘q! Tan olish lozim, Eldor Italiyada juda yaxshi start oldi. Ikkita gol kiritdi va bitta assistni amalga oshirdi. Shuningdek, kubok bahsida ham gol kiritdi. Kimlar uchundir bu natijalar juda kamtarindek ko‘rinar, biroq endigina Italiyaga moslashayotgan futbolchi uchun bu yaxshi ko‘rsatgich. Boz ustiga, u «A ceriya»ning eng omadsiz jamoasi safida to‘p surmoqda. U har bir o‘yinda o‘rtacha 54 daqiqadan ortiq to‘p surmayapti. Shunga qaramay, u o‘z jamoasida hafvli vaziyat yaratish borasida o‘z klubidagi eng yaxshi statistikaga ega. U maydonda o‘tkazgan daqiqalarida klubning eng foydali futbolchisi bo‘lib turibdi.

Shu o‘rinda savol uyg‘onadi. Mana shu ko‘rsatgichlar «Yuventus» safiga o‘tish uchun yetarli omil bo‘ladimi? Turin klubi mavsumni omadsiz boshlagan bo‘lsada, chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Shuningdek, ularni Yevropa chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlari ham yuqori.

Unda «Yuve»ga nega Shomurodov kerak?

«Zebralar»ning tarkibi rang-barang bo‘lsada, hujumchi borasida muammolar mavjud. Misol uchun Ronalduning alternativ variant yo‘q. Qolgani bundan ham murakkabroq. O‘tgan yilning kuzidan beri Dibala o‘z sport formasini tiklay olgani yo‘q. «Fiorentina»dan taklif etilgan Keza o‘ng qanotda to‘p surmoqda. Morata 4+5 ni qayd etganiga qaramay, unga ham butun mavsum davomida jamoani tortib yurish og‘irlik qiladi. Boz ustiga, tarkibda uning ham alternativ muqobili mavjud emas.

Turin super klubi uchun joriy mavsum og‘ir o‘tishi turgan gap. Ichki birinchilikda g‘alaba qozonish uchun endi avvalgidan ko‘proq mehnat qilish kerak. Yevropa chempionlar ligasida esa, raqiblar osonlikcha taslim bo‘lmaydi. So‘nggi, 8 yil ichida Turin klubi ilk bor bunday og‘ir ahvolda mavsumning ikkinchi qismiga kirib kelmoqda. Hatto Sarri davrida ham tarkibda bunday muammolar yo‘q edi. Pirlo o‘z falsafasi asosida shakllantirayotgan «Yuventus»da Eldor Shomurodovga talab va ehtiyoj bor. Sababi, bir necha frontda bitta markaziy hujumchi bilan ishtirok etish imkonsiz. Agar ular jarohat olishsa, «Yuventus» uchun mavsum barbod bo‘lishi mumkin. Buni klub rahbarlari juda yaxshi anglab turibdi. Shu bois, vaziyatni qo‘ldan chiqarib yubormaslik uchun ham qishda Eldorning transferiga qo‘l urishi mumkin.

Shomurodovga keladigan bo‘lsak, u «Yuventus»da to‘rtinchi hujumchi bo‘lishga tayyor futbolchi. U Ronaldu, Dibala va Moratalarning o‘rnini bemalol to‘ldirishi, kerakli vaziyatda pozisiyalarni almashtirib to‘p surishi mumkin.

Eldor ketishi qanchalar to‘g‘ri?

Shomurodov «Jenoa»dagi faoliyatini endigina yo‘lga qo‘ydi desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘zbekistonlik futbolchi jamoadoshlari va yangi murabbiyning ishonchini to‘liq oqlamoqda. Endi u kutilganidek ishonch kreditlariga ega bo‘ldi. Bunday vaziyatda, g‘irt begona olamga (yulduzlar bilan to‘la «Yuventus») yo‘l olish qay darajada to‘g‘ri bo‘ladi? Aynan shu savolga Eldor qanday javob berishi faoliyatining qay tarzda davom etishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu o‘rinda, «Tuttosport»ning ma’lumotlariga suyanib qolmaslik ham lozim. Italiyaning boshqa nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, «Yuventus» o‘zbekistonlik hujumchidan tashqari, yana bir nechta variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Eldor, hozircha «Yuventus» nishonda turgan hujumchi xolos.

Manba: Sport.24
Kiritildi: 15:58, 09.01.2021.
O'qildi: 24079 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.