Italiyaning "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali Italiya Superkubogi doirasida "Yuventus" bilan bo‘ladigan bahsda faqat g‘alaba uchun maydonga tushishlarini aytib o‘tdi.
"Faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. O‘yin qiyin bo‘lishi bilamiz. "Yuventus" - ayni paytda juda yaxshi jamoa. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz. Imkoniyatlar? 50ga 50. G‘alaba qozonish uchun barcha ishni qilamiz", - dedi Kulibali Sky Sport bilan suhbatda.