Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Islombek Ismoilov: «Turon» har qanday musobaqada g‘oliblik uchun kurashadi»

Islombek Ismoilov: «Turon» har qanday musobaqada g‘oliblik uchun kurashadi»

Baho:
+ | -

— Islom aka, avvalo musobaqaning dastlabki uchrashuvidagi g‘alaba bilan tabriklaymiz. Bugungi bahs tafsilotlari va «Hokim kubogi-2021» musobaqasidagi rejalar xususida o‘rtoqlashsangiz…

— Avvalo barcha «Turon» muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin haqida aytadigan bo‘lsam, garchi norasmiy bo‘lsa ham rasmiy maqomga teng bo‘lgan mavsumdagi ilk o‘yinimizni o‘tkazdik. Birinchi o‘yinda har doim oson bo‘lmaydi, bundan tashqari yosh jamoaga qarshi maydonga chiqqanda tajribali futbolchilarda psixologik va motivasiya jihatidan muammolar ko‘zga tashlanishi tabiiy xol. Shunga qaramasdan jamoamiz yigitlari mahorat bobida yoshlardan ustun ekanliklarini ko‘rsatishdi.

Mavsumoldi o‘yinlarda yigitlarda jismoniy toliqish kuzatilishi tabiiy xol. Shu kabi omillar hisobiga uchrashuvning ikki bo‘limida ikki xil tarkib bilan harakatlandik va bu orqali qo‘l ostimizdagi barcha futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qildik. Bu musobaqa biz uchun mavsumga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Nasib bo‘lsa navbatdagi uchrashuvlarda ham g‘alaba qozonib jamoamiz muxlislarini xursand qilamiz degan umiddaman.

Shu o‘rinda aytish joiz, bugungi uchrashuvga O‘zbekiston tumanidan uzoq demasdan tashrif buyurgan muxlislar stadionga kiritilmagani bir oz tushunarsiz bo‘ldi. Bu xolat 100 kilometrdan ortiqroq masofa bosib kelib o‘yinni tashqaridan bir amallab ko‘rib ketgan futbol ixlosmandlariga nisbatan adolatsizlik bo‘ldi. Negadir tur doirasida bo‘lib o‘tgan qolgan bahslarda stadionga muxlislar qo‘yildi. Mazkur vaziyat bo‘yicha musobaqa tashkilotchilari jamoatchilik oldida tushuntirish berishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi.

Bu yilgi «Hokim kubogi» musobaqasida bir qator nomdor jamoalarning ishtirok etayotganligi turnir nufuzini yanada ortishiga xizmat qiladi. Barcha ishtirokchi klublarga omad yor bo‘lishini tilayman. «Turon» har qanday musobaqada g‘oliblik uchun kurashadi, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Manba: fcturon.uz
Kiritildi: 08:01, 24.01.2021.
O'qildi: 2216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.