Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi va sardori Pyer-Emerik Obameyang APL navbatdagi turi doirasida jamoasining «Sautgempton»ga qarshi bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Bu haqda Sky Sports ma’lum qiladi. Gabonlik futbolchi ba’zi shaxsiy sabablari tufayli mamlakat kubogi 1/16 final uchrashuvini ham o‘tkazib yuborgan edi.
U o‘shandan beri hali klub bazasiga borib qo‘shilmadi. Uning qachon safga qaytishi esa noma’lum. Shuningdek, «to‘pchilar»ning yaqinlashayotgan tur o‘yini oldidan Pablo Mari ham jamoasiga yordam bera olmaydi.