Madridning «Real» klubi bugun La Liga doirasida «Levante» (1:2) jamoasiga o‘z maydonida yutqazib qo‘ydi.
Ushbu mag‘lubiyat - Zinedin Zidan shogirdlarining joriy mavsum barcha musobaqalarda o‘tkazgan 27 uchrashuvdagi sakkizinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
O‘tgan mavsumda «Real» butun mavsum mobaynida atigi 7 ta o‘yinda yutqazgandi. O‘shanda madridliklar 87 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempioniga aylanishgandi.